Author: Librarian

Home / Librarian
Tesha Zohidovich Zohidov (1906-1981)
Maqola

Tesha Zohidovich Zohidov (1906-1981)

Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasining akademigi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori,professor Tesha Zohidovich Zohidov (1906–1981) tavalludining 115 yilligi.

«Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas»
Maqola

«Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas»

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish " va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5081-sonli qarorining ijrosi sifatida Fundamental kutubxonada 2021 yil 6 may kuni "Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas" nomi bilan davra suhbati oʼtkazildi.

Испанияда жойлашган Карлес Раҳола номидаги жамоат кутубхонасига саёҳат (фото)
Maqola

Испанияда жойлашган Карлес Раҳола номидаги жамоат кутубхонасига саёҳат (фото)

Испанияда жойлашган Карлес Раҳола номидаги жамоат кутубхонасига саёҳат (фото)

Европа давлатларидаги кўплаб кутубхоналарда шароит жуда қулай, кириш ва фойдаланиш эса осон бўлади. Хусусан, Дания, Германия, Словения ва Испаниядаги жамоат кутубхоналарига қилган ташрифларим менда шундай таассурот қолдирган.
Бугун сиз билан ҳозирда ўзим яшаб турган шаҳар – Жиронада (Испания) жойлашган Карлес Раҳола номидаги жамоат кутубхонасига сайр қиламиз.

👉 https://kun.uz/

Ovoz chiqarmang!
Maqola

Ovoz chiqarmang!

Barchamiz so'zlash orqali o'qishni o'rgandik. Ko'pchilik uchun ushbu o'qish modeli butun hayoti davomida qoladi. Biz so'zni ko'ramiz, baland ovozda yoki o'zimizga aytamiz, eshitamiz va shundan keyingina tushunamiz. Ammo bu uzoq va samarasiz.
Siz o'qishni ancha samarali o'rganishingiz mumkin. So'zni ko'ring va darhol uni tushunib oling. Buning uchun siz artikulyatsiyani o'chirib qo'yishingiz kerak.
O'qish paytida talaffuz qilmaslik uchun oddiy strategiya mavjud.
Matnni o'qishni boshlang va "To'qqiz, sakkiz, yetti, olti, besh, to'rt, uch, ikki, bir, to'qqiz, sakkiz ..." deb shivirlang. Hisobda to'xtalishlar bo'lmasligi kerak, u takroriy bo'lishi zarur.
Ko'zlaringizni matn ustida yurg'izing va har bir xatboshini tekshiring, nimani tushundingiz.
Avvaliga bu qiyinroq bo'ladi,ammo vaqt o'tishi bilan siz matnni tallaffuz qilmasdan turib ham bir qarashda tushuna olasiz!

Agar sizga o’qigan kitobingizdan biror bir parcha yoqib qolgan bo’lsa, uni ko’chirmang, balki eslab qolishga harakat qiling!
Maqola

Agar sizga o’qigan kitobingizdan biror bir parcha yoqib qolgan bo’lsa, uni ko’chirmang, balki eslab qolishga harakat qiling!

Biz ko'pincha kitoblardan qiziqarli iboralar, tavsiyalar, fikrlar topamiz. Odatda, biz bunday iboralarni aforizmlar, sitatalar kitobiga ko'chiramiz va ularni unutamiz.
Darhol uni eslab qolishga harakat qiling, bir necha marta takrorlang. Yodingizda qolishi uchun mumkin bo'lgan vaziyatlarni o'ylab ko'ring. Tezda kerakli joyga joylashtiring (reklamada, fotosuratning tagida va boshq.).

Ispaniya kutubxonasi 4 yil davomida Galileo Galileyning risolasi yo’qolganlgini yashirgan.
Maqola

Ispaniya kutubxonasi 4 yil davomida Galileo Galileyning risolasi yo’qolganlgini yashirgan.

Ispaniya Milliy kutubxonasi hujjatning yo'qolishini to'rt yil davomida yashirgan. Galileo Galileyning "Sidereus nuncius" risolasi 2014 yilda o'g'irlangan. Tekshiruv faqat 2018 yilda boshlandi va yo'qotish nusxasi bilan almashtirildi. Risola 1610 yilda yaratilgan bo'lib, uning qiymati 800 ming yevroni tashkil etadi.
Politsiya oradagi to'xtalishlarni, "batafsilroq ma'lumot to'plashni hoxladik" deya izohladi, deb xabar beradi "Izvestiya" telekanali.
Urugvay fuqarosi hujjatni o'g'irlashda gumon qilinmoqda. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, erkak Galileyning risolasiga qiziqish ko'rsatgan va 2007 yilda ham kutubxonadan yana bir hujjatni o'g'irlash bilan shug'ullangan.

«Kitoblarga tashrif buyurish» loyihasi: 5 yil va 5 muvaffaqiyat.
Maqola

«Kitoblarga tashrif buyurish» loyihasi: 5 yil va 5 muvaffaqiyat.

"Kitoblarga tashrif buyurish" loyihasi o'zining besh yilligini nishonlamoqda! 2016 yil yanvar oyida Belorussiya Milliy kutubxonasida kitoblar tarixiga qiziqishni rivojlantirish va milliy kitob merosini ommalashtirishga qaratilgan bolalar uchun loyiha boshlandi.Darslar yosh bibliologlarning dialog, o'yin va ijod uchun faol maydoniga aylangan kitob muzeyida o'tkaziladi.Besh yil davomida muzey pedagogikasi mutaxassislari katta yutuqlarga erishdilar va qiziqarli innovatsion ishlanmalarni yaratdilar.
"Kitoblarga tashrif buyurish" loyihasining 5 ta muvaffaqiyatli natijalari:
1. Bolalar kitob muzeyiga kelishni yaxshi ko'rishadi.Loyiha samaradorligining muhim mezonlaridan biri bu bolalar muzey hayotiga "aralashishi" bo'lib, ular bir martalik tashrif bilan cheklanib qolmasdan, qiziqish bilan qayta-qayta qaytib kelishadi.
2. darslarni tashkil etish metodikasi ishlab chiqildi.Loyiha doirasida "Kitob professorlari klubi", "Muzeydagi darslar", "Muzey o'qishlari" qator darslaridan iborat dastur yaratildi.
3. Belorussiya madaniyat arboblarini loyihaga jalb qilish.
4. Tegishli respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etish.
5. Professional sohada loyihaga talab.Loyihaning natijalari va yutuqlari o'nlab ilmiy konferentsiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarda, ilmiy va ilmiy-uslubiy nashrlar sahifalarida namoyish etildi.Mamlakatning ko'plab kutubxonalarida bolalar uchun darslar, mutaxassislar uchun ma'ruzalar va mahorat darslari tashkil etildi.

«Kitob qal’asi» Myunxen kutubxonasi. (Myunxen, Germaniya)
Maqola

«Kitob qal’asi» Myunxen kutubxonasi. (Myunxen, Germaniya)

Kutubxona 1949 yilda Myunxenda jahon bolalar adabiyotining taniqli namoyandasi Ella Lepman tashabbusi bilan ochilgan.1953 yildan beri Xalqaro yoshlar kutubxonasi deb nomlangan.
Haqiqatdan ham ushbu kutubxona XV asrda qurilgan eski Blutenburg qal'asida joylashgan.
Bu yerda dunyodagi eng katta bolalar adabiyotlari to'plami joylashgan: oxirgi 400 yil davomida nashr etilgan 80 ta tildagi 580 000 ta kitob. Ushbu ro'yxat har yili turli xil tillarda mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan tanlangan yangi nashrlar bilan yangilanadi. Shuningdek, kutubxonada ko'rgazmalar, rassomlar va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o'tkaziladi, bolalar adabiyoti to'g'risida ochiq munozaralar tashkil etiladi.

Tinch va osoyishta, yolg’iz o’qishni sevuvchilar uchun!
Maqola

Tinch va osoyishta, yolg’iz o’qishni sevuvchilar uchun!

Bishan kutubxonasi, Singapur
Singapurning faxri hisoblanadigan ushbu kutubxona 12 yil oldin qurilgan, aholisi va mehmonlari uchun intellektual hordiq chiqarish joyiga aylangan.
Har bir xona har bir mehmon uchun, tinch va osoyishta o'qiy oladigan qilib yaratilgan.Zallar baland ovoz o'tkazmaydigan qilib qurilgan, shu tufayli o'quvchilar nafaqat jimgina o'qibgina qolmay, balki kutubxonaga tashrif buyuruvchilarning qolgan qismini bezovta qilmasdan uchrashuvlar ham o'tkaza oladilar.