Author: Librarian

Home / Librarian
O’QIB BO’LMAS KITOB
Maqola

O’QIB BO’LMAS KITOB

Roxons Kodeksi noma’lum tilda yozilgan va hali hamon o’qish usuli topilmagan 448 varoqdan iborat qo’lyozmadir. U Roxonsdagi Bat’yani kutubxonasidan topilgan. Hozirda u Venger fanlar akademiyasida saqlanadi.
Vengriyaliklarning eng yorqin olimlari qo'lyozmani o’qish uchun kurashdilar, ammo bu hech qanday ijobiy natijaga olib kelmadi. Hozirda aksariyat olimlar Karol Saboning fikriga qo'shilishadi, u 1866 yilda bu kod Transilvaniyalik Samyuel Nemesh tomonidan amalga oshirilgan yolg'on ekanligini e'lon qilgan.

MATNSIZ KITOB.»Qor bo’roni devorining orqasida» – (Jing Guo) – xitoylik rassom.
Maqola

MATNSIZ KITOB.»Qor bo’roni devorining orqasida» – (Jing Guo) – xitoylik rassom.

Mo’jizalar va hissiyotlarga to'la ta'sirli hikoya. Buvisinikiga ketayotgan kichkina qizaloq o'z bekatidan o'tib, shaharning noma'lum joyga borib qoladi. U uyi va oilasidan juda uzoqda, ajabtovur jonzotlar bilan aql bovar qilmaydigan g'alati joyda o'zini topadi.

Ushbu ajoyib chizilgan hikoyada rassom Guojin yolg'izlikni boshdan kechirayotgan va undan hayol dunyosiga qochgan bolaning chuqur hissiy dunyosini mukammal aks ettirgan.

“Silent book” – matnsiz kitob
Maqola

“Silent book” – matnsiz kitob

Xo'sh bu qanday format?!
Bunday kitoblar hikoyani butunlay illyustratsiyalar orqali hikoya qiluvchi, umuman so'zsiz yoki juda oz qismi so'zdan iborat bo'lgan kitoblar. Yo'nalish asoschilari ushbu turdagi kitoblarni komiks, grafik roman yoki an'anaviy ma'nodagi rasmli kitob emasligini ta'kidlaydilar.
Ushbu turdagi kitoblar uchun yana – “Soqov kitob” atamasi ham qo'llaniladi.

Sohibqiron hikmatlari
Maqola

Sohibqiron hikmatlari

Men hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim. Ular ushbulardir:

OLLOH — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang istagan murodu maqsudingga yetkazadi.

TAFAKKUR — fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvai hofizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo’lini topa oladi.

QILICH — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin.

IYMON — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi.

KITOB (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.