Bo'lim: <span>Qiziqarli ma’lumotlar</span>

Home / Qiziqarli ma’lumotlar
Agata Kristining kitobi inson hayotini saqlab qoldi!
Maqola

Agata Kristining kitobi inson hayotini saqlab qoldi!

Londondagi "Hammersmith" kasalxonasiga Qatardan kichik bir bemor olib kelindi. Uning tez-tez behush bo'lar, nafas olishi og'ir, bosim meyoridan tushib ketgan edi, shifokorlar unga qanday tashxis qo'yishni bilmaydilar. Shunda to'satdan hamshira Marsha Meytlend "talliy"dan zaharlanish degan versiyani taklif qiladi. Ushbu zahar Buyuk Britaniyada kamdan-kam uchragan va kasalxonada uni aniqlash uchun uskunalar bo'lmagan. Tibbiy kengash boshqa taklif bo'lmagani uchun hamshirani versiyasini qabul qilishadi. Kasalxona Skotlend-Yard laboratoriyasiga bordi, u yerda tashxis tasdiqlandi. Qiz najot topdi. Va hamshira Maitland yaqinda "Oq ot villasi" detektivini o'qiganini tushuntirdi. Undagi "talliy"dan zaharlanish alomatlari shu qadar batafsil bayon qilinganki, hamshira ularni amalda darhol tanigan.

Maqola

Kutubxonachilarsiz kutubxona

Amsterdam - bu ajoyib shahar, ushbu ta’rifni kutubxonalariga nisbatan ham qo’llash mumkin. 2010 yilda Sxiphop aeroportida kutubxona ochildi, u yerda kitoblar o'quvchilarga kitobxonlik guvohnomasisiz, kitoblarni depozit va qaytarish sanasi bilan shartli ravishda tarqatiladi. Agar siz kitobni olmoqchi bo'lsangiz, buning evaziga boshqasini qoldirishingiz kerak bo’ladi. Bu kutubxonachilarsiz kutubxona.

O’QIB BO’LMAS KITOB
Maqola

O’QIB BO’LMAS KITOB

Roxons Kodeksi noma’lum tilda yozilgan va hali hamon o’qish usuli topilmagan 448 varoqdan iborat qo’lyozmadir. U Roxonsdagi Bat’yani kutubxonasidan topilgan. Hozirda u Venger fanlar akademiyasida saqlanadi.
Vengriyaliklarning eng yorqin olimlari qo'lyozmani o’qish uchun kurashdilar, ammo bu hech qanday ijobiy natijaga olib kelmadi. Hozirda aksariyat olimlar Karol Saboning fikriga qo'shilishadi, u 1866 yilda bu kod Transilvaniyalik Samyuel Nemesh tomonidan amalga oshirilgan yolg'on ekanligini e'lon qilgan.

MATNSIZ KITOB.»Qor bo’roni devorining orqasida» – (Jing Guo) – xitoylik rassom.
Maqola

MATNSIZ KITOB.»Qor bo’roni devorining orqasida» – (Jing Guo) – xitoylik rassom.

Mo’jizalar va hissiyotlarga to'la ta'sirli hikoya. Buvisinikiga ketayotgan kichkina qizaloq o'z bekatidan o'tib, shaharning noma'lum joyga borib qoladi. U uyi va oilasidan juda uzoqda, ajabtovur jonzotlar bilan aql bovar qilmaydigan g'alati joyda o'zini topadi.

Ushbu ajoyib chizilgan hikoyada rassom Guojin yolg'izlikni boshdan kechirayotgan va undan hayol dunyosiga qochgan bolaning chuqur hissiy dunyosini mukammal aks ettirgan.

“Silent book” – matnsiz kitob
Maqola

“Silent book” – matnsiz kitob

Xo'sh bu qanday format?!
Bunday kitoblar hikoyani butunlay illyustratsiyalar orqali hikoya qiluvchi, umuman so'zsiz yoki juda oz qismi so'zdan iborat bo'lgan kitoblar. Yo'nalish asoschilari ushbu turdagi kitoblarni komiks, grafik roman yoki an'anaviy ma'nodagi rasmli kitob emasligini ta'kidlaydilar.
Ushbu turdagi kitoblar uchun yana – “Soqov kitob” atamasi ham qo'llaniladi.

Sohibqiron hikmatlari
Maqola

Sohibqiron hikmatlari

Men hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim. Ular ushbulardir:

OLLOH — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang istagan murodu maqsudingga yetkazadi.

TAFAKKUR — fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvai hofizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo’lini topa oladi.

QILICH — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin.

IYMON — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi.

KITOB (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir.

Dunyodagi eng kichik kutubxonalar.
Maqola

Dunyodagi eng kichik kutubxonalar.

Dunyodagi eng kichik kutubxonalar 2013 yilda Nyu-York ko'chalarida paydo bo'la boshladi - ular faqat bitta o'quvchi va 40 ga yaqin kitobni sig'dira oladi.
Har bir kishi bir necha kun davomida kitobni olishi yoki boshqasiga almashtirishi mumkin. "LIttle Free Library"ning turli xil dizaynerlar tomonidan qayta ishlangan materiallardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan o'nta kichik pavilonlari Manxettenning turli joylariga o'rnatilgan.

E'tibor bersangiz, kichik bepul kutubxonalar g'oyalari butun dunyoga tarqaldi. Ular konvertatsiya qilingan telefon kabinalarida, avtobus bekatlarida va hatto jamoat transportida ham paydo bo'lgan.

Kitoblar muqovasidagi rasmlar!
Maqola

Kitoblar muqovasidagi rasmlar!

Los-Anjeles rassomi Mayk Stlke qanday qilib yillab javonlarda chang yig'ib yotgan eski kitoblarga yangi hayot berish haqida uzoq o'yladi.
U bir qancha kitoblar yonlari muqovalarida g'alati ko'rinishdagi melanholik belgilar chizdi.

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.
Maqola

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.

Shvetsiyalik rassom ushbu installyatsiyani yaratishda, Laurie Andersonning "Endless World" ya'ni "Tugamaydigan dunyo" qo'shig'ining ,- "Otam vafot etganda, men uchun butun kutubxona yonib ketdi ..." - ma'nosini beruvchi satridan ilhomlangan.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish va tashrif buyuruvchilar bemalol yer ostida chuqur joylashgan kitoblarga qaray olishlari uchun, Suzanna Gesselberg ishi qalin zirhli shisha bilan qoplangan.