Fundamental kutubxona tomonidan nashr etilayotgan «Sohamiz fidoyilari» ruknining bu galgi soni kutubxonachidan to Parlament aʼzoligigacha boʼlgan yoʼlni bosib oʼtgan, Аndijonlik kutubxonachi-bibliograf Hafizaxon Qoʼldashevna Karimovaga bagʼishlandi. Toʼplamda Hafizaxonning ustozlari, hamkasblari, doʼstlari va dugonalarining dil soʼzlari jamlangan. Ular orasida turli kasb egalari bor. Bu toʼplamni nashr etishning maqsadi sohamiz fidoyilari boʼlgan, koʼp yillar oʼzlarining beminnat xizmatlari bilan jamiyat taraqqiyotida, insoniyat kamolotida alohida oʼrin tutib kelayotgan ziyo egalarining hayoti va ijodi bilan yoshlarni, boshqa kasbdoshlarni yaqindan tanishtirish, shu kasbga yoshlarda qiiziqish uygʼotish, kutubxonachi-bibliograf kasbining obroʼ-eʼtiborini koʼtarish, nufuzini oshirishdan iborat. Kutubxonachi-bibliograflarning ham Hukumat aʼzosi darajasida soha rivojida oʼrni borligini va boʼlishi kerakligini anglatish. Kitobning ahamiyati ham shunda. Fundamental kutubxona jamoasi bu turkumdagi toʼplamlarni nashr etishda davom etadi, bu bizning shoigrdlik, hamkasblik vazifamiz va burchimiz. Аjabmas, bu nashrlar kelgusida kutubxonachilik va bibliografiya ishi tarixini oʼrganishda, ularni targʼib qilishda ilmiy-tadqiqot ishiga asos boʼladi va manba boʼlib xizmat qiladi.