Biz haqimizda

Home / Biz haqimizda

O’zbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi

      Oʻzbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasining tarixi Oʻzbekistonda fanlarning rivoji bilan chambarchas bogʻliq. Kutubxona 1933 -yili tashkil etilgan boʻlib, umumiy kitoblar soni 39 ming 422 nusxadan iborat, kutubxona xodimlari esa 6 kishidan iborat boʻlgan. Hozirgi kunda kelib, bu kutubxona respublikadagi eng katta kutubxonalardan biri xisoblanadi. Kutubxona oʻz faoliyatini nafaqat Oʻzbekiston olimlarini ilmiy ishlari boʻyicha toʻplangan adabiyotlar bilan, balki dunyo olimlarini ilmiy ishlari aks etgan adabiyotlar bilan ham toʻldirib kelmoqda.

Kutubxona faoliyati

  Fundamental kutubxonasining  Rossiyadagi yangi texnologiyalarni kutubxona jarayonlariga tadbiq etuvchi AYSIS-NIT jamiyatiga, MAAN qoshidagi Hamdoʻstlik va Boltiqboʻyi davlarlari fanlar akademiyalari kutubxona raxbarlari kengashiga azodir.Fundamental kutubxona Fanlar Akademiyasi tizimidagi 27 ta kutubxona uchun ilmiy-amaliy va uslubiy markaz sifatida xizmat koʻrsatadi.Uning tizimiga kirgan kutubxonalarning umumiy fondi 5 milliondan ortiq nashrlarni tashkil etadi, shundan 612 ming nusxasi chet el adabiyotlaridir.130 dan ortiq kutubxona xizmatchilari 20 mingdan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatadi.Kutubxona fondida saqlanayotgan ilmiy nashrlardan nafaqat Fanlar akademiyasi tizimidagi hodimlar balki oliy oʻquv yurti oʻqituvchilari va talabalari, tibbiy xodimlar, sanat namoyondalari va xalq xoʻjaligining turli sohasida ishlayotgan mutaxasislar ham foydalanish imkoniga egadirlar.Kutubxonaning zaxiralari xalqaro kitob ayirboshlash yoʻli bilan, adabiyotlarning majburiy nusxasini olish, davriy nashlarga obuna boʻlish, elchixona, turli hayriya fondlari va jamiyat tashkilotlaridan olinayotgan beminnat hayriya tariqasida olinayotgan kitoblar bilan toʻldirilib borilmoqda. Fundamental kutubxona deyarli 45 yildan beri chet el davlatlari bilan kitob ayirboshlash borasida hamkorlik qilib kelmoqda.Fundamental kutubxonaning 28 chet el davlatlarida 147 ta hamkorlari bor.»Oʻzbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasining maruzalari «, „Oʻzbekiston fizika jurnali“, «Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar «, „ Geliotexnika“ singari bir qator jurnallarga talab katta.Hozirgi kunga kelib kutubxona oʻz fondlarini jamlash, saqlash ishlarini takomillashtirmoqda, har bir kitobxonning kitoblarga boʻlgan talabini tezkor va malakali tarzda qondirishga harakat qilmoqda.Kitobxonlarga yangi texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatish maqsadida 1994- yilda Fundamental kutubxona davlat kutubxonalari ichida birinchi boʻlib kutubxona ishlash jarayonini avtomatlashtirish va kitoblarni elektron kataloglarini yaratishni boshladilar. Kutubxonada mahalliy kompyuter tarmogʻi oʻrnatilgan, yangi olingan kitoblarni elektron  kataloglari shakillanib bormoqda.Kutubxona oʻz komputer oʻquv markaziga ega.Birinchi marta 1998- yili kutubxonaning komputer tarmogʻiga avtomatlashtirilgan kutubxona dasturi oʻrnatildi .Internet va E-mail aloqasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. 2001 — yili Fundamental kutubxonada Markaziy osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib oʻz oʻquv bazasiga ega boʻlgan „Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli“ loyixasi amalga oshirildi. 2002 -yili „Akademik kutubxonalar konsorsiumi“ loyixasi tadbiq etildi. Natijada Fanlar akademiyasining 5 ta ilmiy tadqiqot instituti olimlari Fundamental kutubxonaning axborot jamgʻarmalaridan oʻzlarining komputer tarmoqlari orqali foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar. Kutubxona fondlarida targʻib etish maqsadida axborot va bibliografik xizmat koʻrsatish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Yangi olingan adabiyotlar, shuningdek, mavzular boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etilib turibdi „Mustaqil Oʻzbekiston“, «Oʻzbekiston Respublikasining qonun va qarorlari «, «Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlari » kabi anʼanaviy kartotekalar kitobxonlar xizmatida. Kutubxonachlarning malakasini va yangi texnologiyalarda ishlash qobilyatini oshirish maqsadida akademiya kutubxonalarining hodimlari va Respublika kutubxonachilari Fundamental  kutubxonaning oʻquv markazida muntazam ravishda oʻqitilib boriladi. Fanlar akademiyasinig Fundamental kutubxonasi respublikamiz ilm-fanining rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda . Bu ulkan ziyo maskani Fanlar akademiyasi olimlarining ilmiy faoliyatida beqiyos ahamiyatga ega boʻlishi bilan ham benihoyat qimmatlidir.

Tashkiliy tuzilma

Bo’limlar faoliyati haqida 

KITOBLARNI JAMLASH  BO‘LIMI

Bo‘lim 1934 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kutubxona fondini tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar bilan to‘ldirish, ularni hisobga olish va hisobdan chiqarish, yangi olingan adabiyotlarni elektron katalog uchun boshlang‘ich tasnifini yaratish ishlarini olib boradi. Shuningdek, vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo‘lish, ularni o‘z vaqtida qayd etish va kutubxona bo‘limlariga tarqatish ishlari ham shu bo‘lim zimmasiga yuklatilgan.

ADABIYOTLARGA ISHLOV BERISH BO‘LIMI

Adabiyotlarga ishlov berish bo‘limi kataloglarni tashkil etish zaminida 1934 yilda tashkil etilgan.Ushbu bo‘limda kitoblarga ishlov berish, kitoblarni elektron katalogga kiritish, an’anaviy va elektron kataloglarni tahrir qilish ishlari olib boriladi.

CHET EL ADABIYOTLARI BO’LIMI

Chet el adabiyoti bo‘limi 1966 yilda tashkil topgan. Bo‘lim chet el adabiyotlarini jamlash, saralash va Respublikada chop etilgan adabiyotlar asosida ayriboshlash ishlarini olib boradi. Uzoq chet el davlatlarining 26 tasidagi 101 tashkilotlar bilan muntazam ravishda ekvivalent asosida kitob ayriboshlash ishlarini olib boradi.

ILMIY — BIBLIOGRAFIYA BO’LIMI

1963 yilda tashkil etilgan. U o‘ziga xos yo‘nalishda kitobxonlar talablariga javob bergan holda faoliyat yuritadi. Ilmiy-bibliografiya ishlari, yani bibliografik ko‘rsatkichlar, Fanlar akademiyasi olimlarining bibliografiyalarini tuzish va og‘zaki malumotlar tayyorlash, bibliografik malumotlar yig‘ish ishlarini amalga oshiradi. Bo‘lim ko‘plab aspirant va olimlarning ilmiy izlanishlariga yaqindan yordam berib kelmoqda. Shuningdek har xil mavzuidagi ko‘rgazmalarni tashkil etish, yangi olingan adabiyotlarning byulletenini nashrga tayyorlash va kutubxona bosmaxonasida nashr etish kabi vazifalar ham ushbu bo‘lim zimmasidadir.

ZAXIRALAR BO’LIMI (FOND)

Fondlar bo‘limi kutubxona tashkil topgandan boshlab 1983 yilgacha kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining sektori sifatida ish olib borgan. 1983 yilga kelib esa kutubxon fondining hajmi ko‘payishi hisobiga xodimlar soni ortib bordi va shu yildan boshlab alohida bo‘lim sifatida faoliyat yurita boshladi.Boshqa bo‘limlarga nisbatan fondlar bo‘limining  zimmasidagi mas’uliyat ancha yuqoridir.

KITOBXONLARGA XIZMAT KO’RSATISH BO’LIMI

Bo‘lim kutubxonaning asosiy yuzi hisoblanadi. Aynan shu bo‘lim orqali kitobxonlarga beminnat malakali xizmat ko‘rsatiladi, kerakli maslahatlar va tavsiyalar beriladi. Xizmat ko’rsatish vaqtida xodimlardan muomala madaniyati , zukkolik va hozir javoblik talab etiladi.Bo‘lim kitobxonlarga ilmiy adabiyotlar abonementi, dissertatsiya va avtoreferatlar zali, vaqtli matbuot qiroatxonalari hamda yangi adabiyotlar ko’rgazmasi zali orqali xizmat ko‘rsatadilar.

ILMIY METODIK BO’LIM

2001- yilda tashkil topgan bo‘lib, eng faol bo‘limlardan biri hisoblanadi. Bo‘lim kutubxona ish jarayonlarida amal qilish kerak bo‘lgan yo‘riqnomalarni va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadi. Jumladan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi 26 ta ilmiy-tekshirish institutlarining kutubxona tarmoqlari ishini muvofiqlashtirib, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

ELEKRTON KUTUBXONA BO’LIMI

Elektron kutubxona bo’limi foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotlarni tezkorlik bilan olishda juda katta yordam beradi.Elektron kataloglar bilan ishlash kerakli adabiyotlarni elektron katalog orqali topib berish bundan tashqari ma’lumotlardan nusxa olishda yordam beradi.Hamda adabiyotlar, dissertatsiyalar,avtoreferatlar,o’quv qo’llanmalarni skaner qurilmasi orqali elektron ko’rinishga o’tkazish ishlari bilan shug’illanadi.