"Sohamiz fidoyilari" ruknining bu galgi soni kutubxonachidan to Parlament aʼzoligigacha boʼlgan yoʼlni bosib oʼtgan, Аndijonlik kutubxonachi-bibliograf Hafizaxon Qoʼldashevna Karimovaga bagʼishlandi.
Kitoblar
Yosh rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini baholash.
Ushbu monografiya PZ - 20170927486 "Yosh rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini aniqlash va mansab pog'onalarida o'sish istiqbolini belgilash texnalogiyalari " ilmiy-amaliy loyihasi doirasida tayyorlangan.
Yosh rahbar kadrlarda samarali qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish.
O'z. Res. Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Ilmiy-uslubiy kengashining 2019 yil 25 iyundagi 3-son yig'ilish bayonnomasi qaroriga ko'ra nashrga tavsiya etilgan.
Ar-Roziyning noma’lum «sirlar siri kitobi»
Ushbu kitobda o'rta asr musulmon Sharqining mashhur ensiklopedist olimlaridan biri Abu Bakr Muhammad Zakariyo Ar-Roziy (865-925) qalamiga mansub kimyoga oid asarning o'zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi berilgan.
Bu asar ilgari fanda noma'lum bo'lib 1950 yilda O'z. Res. FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida U.I. Karimov tomonidan 1506 yilgi qo'lyozmada topilgan.
Kitob sharqshunoslar, tarixchilar, kimyogarlar, oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va talabalari hamda tarix faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
» URUSHNI ESLAB, XOTIRALAR QOLDIRAMIZ «
Kitob qamaldagi ocharchilikda halok bo'lganlar, o'lim lagerlarida tanalari kulga aylangan norasidalar, sevimli yoridan judo bo'lsada, so'ngi nafasigacha uning yo'lini poylagan sadoqat egalari, yurti uchun jonini tikkan o'g'lonlarimizning porloq xotirasiga bag'ishlanadi.
Aleksandr Dyuma. Ikki Diana
«Ikki Diana» – tarixiy-sarguzasht roman bo‘lib, XVI asr Fransiya tarixidagi ko‘plab tragik voqealarni aks ettiradi.
Fyodor Dostoevsky. JINOYAT VA JAZO
«Kambagʼallik ayb emas, biroq yoʼqchilik – illat. Birinchisida inson tugʼma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yoʼqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi»
Deyl Karnegi. O’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash san’ati
Fundamental kutubxona fondida topishingiz mumkin bo'lgan, dunyo tarixida eng ko'p o'qilgan va hozirda ham o'qilayotgan kitoblardan birini tavsiya qilamiz!
Uilyam Folkner. Qissalar va hikoyalar
Ibrohim Gʼafurov XX asrning saksoninchi yillarida Folknerning "Emili uchun atirgullar", "Toʼzonli sentyabr", "Uosh", "Qora musiqa" singari hikoyalarini oʼzbek tiliga tarjima qilgan edi.
Ushbu kitob Folknerning oʼzbek tilida chop etilayotgan ilk toʼplamidir..
Ravshanbek Xonniyoz. Tanlash ixtiyori o’zingizda
Kundallik turmushda va biznes olamida yutuqlarga erishish ko'nikmalarini shakllantirish sirlari.