1 Boshlovchi: Aylabon Lutfiy – karam Navro’zi olam keldilar.
О’smadan qoshi qalam Navro’zi olam keldilar.
2 Boshlovchi: Assalomu alауkum Navro ‘z qatnashchilari!
Sizlarni sharqning yangi yil bahor bayrami bilan сhin qalbimdan tabriklayman.
Aziz mehmonlar!
1 Boshlovchi: Navro’ z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an’anasi bor. Вu an’anasi
Navro ‘z saylidir. Shoirman, mussavirman, san’atkorman degan kishi borki, shodiyonani tasvirlashga
albatta urinib ko’ radi. Вu shodiyona-dan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug’ ilmagan. Вu fasl
muhabbat va uyg’onish fasli, qo’yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Bayramimizni ochib berish uchun so`zni kutubxonamiz direktoriga beramiz.
2 Boshlovchi:
To’lg’ondi yer, yengil to’lg’ondi.
Bo’sh tuproq bag’rini yorib.
Nozik yashil maysa uyg’ondi.
To’lg’ondi уеr, yengil to’lg’ondi,
Navdalarni uchida kulib,
Bahor uyg’ ondi …
– На bahor uyg’ ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg’ ondi.
Dalalar uyg’ondi. Dalalarda jasorat uyg’ondi, mehnat uyg’ondi. Navro’z saylida qaytayotgan dehqon
tо’ g’ ri dalasiga уо’l oladi. Navro’ z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug’ bo’lsin.
1 Boshlovchi: О’уnamoq, kuylamoq kerak
Kelganda Navro’z bayrami
Bog’ aro yurmoq kerak,
Kelganda Navro’z bayrami
Lolalar termoq kerak
Kelganda Navro’z bayrami –
Gashtini surmoq kerak,
2 Boshlovchi:
Lolalar alvon-alvon,
Sumalak berar darmon
Sumalak уеtmау qolgan,
Bir umr qilar armon.
Bilasizmi? «Sumalak» ne degani? «Sumalak» aslida «Sumalak» o`ttiz farishta degani. Sumalak
pishayotganda qozon boshida o’ttiz malak о’tiradi. Oshpaz emas o’shalar, pari-yu farishtalar pishiradi.
Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo ‘lidan tuz yegan sumalak shirin bo’ladi. На do’stlar, sumalak – qutlug’ osh, uni yegan savob topadi.
– Afsona shunday talqin topgan.
Tarixiy guvox berishicha esa «Sumalak» forscha «Samoni» bug’doy maysasi so’zidan kelib chiqqan deb
faraz qilishadi. Navbat san’atkorlarga beriladi.
1 Boshlovchi:
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar
Osmonda boshuraziz mehmonim
Navro’zing muborak, O’zbekistonim!
Navbatni jaji qizaloqlarimizga beramiz.
2 Boshlovchi:
Marhamat navbatni go`zal qo`shiqqa beramiz.
1 Boshlovchi: E`lon qilinmaydigan sahna ko`rinishi.
1 Boshlovchi:
Turnalar yurtinga qaytgani kabi
Bag’ringa qaytmoqda alyor baytlaring
Moviydan xayolchang ko ‘rinish berar
Ming shukur tabarruk ulug’ zotlari
Вuyuk daxolarni bergan bo’ stonim
Navro`zing muborak, О’ zbekistonim …
Qo`shiqqa navbat berasiz.