2021 yilning 9 aprel kunida Temuriylar tarixi Davlat muzeyida Sohibqiron Аmir temur tavalludining 685 yilligiga bagʼishlangan Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman boʼlib oʼtdi. Аnjumanda muzey direktori Fayziev X. Innovatsion rivojlantirish vazirligining innovatsion loyihasi asosida «Аmir Temur bibliografiyasi»ning 1-tomi haqida maʼlumot berdi. Bibliografiyada Аmir Temur nomi bilan bogʼliq barcha turdagi, hildagi nashrlarning bibliografik tavsiflari nashr etilgan joyi, vaqti, tilidan qatʼiy nazar berilgan. Bunday bibliografiya Oʼzbekistonda birinchi marta tayyorlanib nashr etilgani bilan qadrli. Undan Аmir Temur shaxsi, hayoti, faoliyati, temurshunoslik masalalari bilan qiziqqan kitobxonlar, shu doirada ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan ilmiy xodimlar foydalanishi mumkin. Bu Аmir Temurga bogʼliq nashrlarning va barcha turdagi hujjatlarning bir qismi, xolos. Ish davom etmoqda, bibilografiya bir necha tomdan iborat boʼladi, hozirda 2-kitobi ustida ish olib borilmoqda. Bibliografiyani nashrga tayyorlashda kutubxonamiz direktori, bibliograf Berdieva Z.Sh. hamda Bosh bibliograf Matmuradova M.I. qatnashdilar.