2021 yil 19 aprelda Oʼzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʼllab-quvvatlash «Nuroniy» jamgʼarmasi Vasiylik Kengashining «Mehnat faxriysi» koʼkrak nishoni bilan taqdirlash toʼgʼrisida» gi Qarori qabul qilindi. Qarorda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF- 4906-sonli «Oʼzbekiston fayxriylarini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash «Nuroniy» jamgʼarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida «gi Farmoni hamda «Mehnat faxriysi» koʼkrak nishonini taʼsis etish toʼgʼrisida» 2017 yil 14 iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yilgi taqdirlanganlar roʼyhati eʼlon qilindi.
Ular orasida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidan akademiklar -Аbdullaev Аbdumavlon Аbdullaevich, Аzimov Jaloliddin Аzimovich, Аsqarov Аhmadali, Baxadirxanov Muhammed Kabir, Bahromov Saʼdulla Аbdullaevich, Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, Djuraev Risbay Haydarovich, IbragimovNematulla, Mavloniy Mashhura Egamovna, Negmatov Soyibjon Sodiqovich, Rasulev Utkir Xasanovich, Rtveladze Edvard Vasilьevich, Ubaydullaev Аbdulla Muxarramovich, Usmanov Timurbek, Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, Yusupova Dilorom Yunusovna, fan doktori Ismailova Jannat Hamidovna, mehnat faxriysi Fundamental kutubxona direktori Berdieva Zuhra Shukurovnalar bor.
Butun jamoa nomidan biz ularni mukofot bilan qutlaymiz, sogʼlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy faoliyatida zafarlar tilaymiz va biz ular bilan kutubxonamizning sobiq faol kitobxonlari boʼlganligi bilan faxrlanamiz.