Hurmatli
Z U X R А Sh U K U R O V N А !
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi va institut boshlangich kasaba uyushmasi ,hamda Fanlar akademiyasi tizimidagi koʼp sonli boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari sizni ushbu ajoyib kunlarida avvalo bor tavallud topgan kuningiz, 65 yoshlik ulugʼ ayyomingiz bilan chin yurakdan muborakbod etadi.
Respublikamiz fan ravnaqi haqida fikr yuritilganda uning fidoiylari va jonkuyarlari nomlarini fan va taʼlim ahillari hurmat va ehtirom bilan tilga olishadi. Bunday eʼzozlangan moʼʼtabar insonlar orasida siz xam oʼz samarali mehnatingiz bilan yuksak oʼrin olgansiz.
Hayotga nazar tashlasak siz haqiqiy oʼz kasbini mohir murabbiysi, ajoyib inson,odil rahbar, ilm-fan xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasidagi hayrli ishlaringizni samarasini koʼrmoqdamiz.
Sizdagi bunday yuksak insonparvarlik fazilatlardan har bir inson oʼrnak olsa arzigulikdir.
Barcha insonlar uchun jonkuyar boʼlgan, yoshlarning ustoz murabbiysi Hurmatli Zuxra Shukurovna! Biz Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi Sizni yana bir bor tavallud topgan kuningiz yaʼni muborak 65 bahorga toʼlganingiz bilan tabriklaymiz.
Sizga ushbu quvonchli kunda yaratgan parvardigorimizdan boqiy umr, farzandlaringiz, nabiralaringiz, jamoangiz baxtiga doimo sogʼ-salomat boʼlib yurishingizni, kasbingizga boʼlgan ishtiyoq, muxabbat, kuch –gʼayrat hissi hech qachon soʼnmasligini hamda vatanimiz ravnaqi yoʼlida olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!!!
Hurmat va ehtirom bilan,
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi
birlashgan kasaba uyushmasi
qoʼmitasi raisi Sh.Joʼraev
2021 yil