Po‘lat Habibullayev akustik spektroskopiya, fizik va kvant akustika, nanofizika va yumshoq muhitlar fizikasi, nochiziqli optika va lazer termokimyosi, superion o‘tkazgichlar va yadro fizikasi va radiatsion materialshunoslik, nochiziqli dinamika va xaos, izotoplar fizikasi va kimyosi, lazer fotosintezi va boshqa yo‘nalishlarga doir ilmiy ishlar qilgan.
Kritik hodisalar va fazaviy o‘tishlar sohasini o‘z ichiga olgan kondensirlangan muhitlar akustik spektroskopiyasi asoschilaridan biri.
— O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun fizikadan darsliklar muallifi.
— Pokiston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy FA a’zosi.
— Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
— «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).