Ushbu monografiyada shu davrda O’rta Osiyo shaharlari bilan Makka va Madina shaharlarini bog’lagan asosiy tarixiy haj yo’llari, ulardagi qatnovning holati, safar qiyinchiliklari va ularni bartaraf etish, transport vositalari, haj yo’llari masalasining O’rta Osiyo hukmdorlari bilan Boburiylar, Usmoniy sultonlar va Rossiya imperatorlari o’rtasidagi tashqi aloqalarda aks etishi, ziyoratchilar toifalari, haj safarlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy jihatlariga doir tarixiy maʼlumotlar tahlil qilingan va shu asosda ilmiy xulosalar bayon qilingan. Buning uchun xorijiy sayyohlar yozib qoldirgan birlamchi manbalar, O’zbekiston Milliy arxivi, Rossiya va Turkiya davlatlari arxivlari fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar ilmiy muomalaga kiritilgan.
