NАMUNА
OʼzRFА Fundamental kutubxonasi mehnat jamoasi umumiy yigʼilishining 2021 yil 26fevraldagi 2-sonli bayonnomasiga 1-ilova
OʼzR FА Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan kutubxona direktori Z. Sh. Berdievaning
H I S O B O T I
Ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkilotlari xodimlarning haq-huquqlarini himoyalash, barcha sohalarda oʼtkazilayotgan islohotlarni amalga oshirish borasida chuqur hamkorlikni yoʼlga qoʼyishi lozim. Kasaba uyushmasi nufuzli jamoat tashkilotlaridan biri boʼlib, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, ijtimoiy madad va nafaqalar haqiqatda ham ehtiyojmand, yuqori ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarga berilishini taʼminlashga salmoqli hissasini qoʼshmoqda.
Bunga misol qilib 2021 yilda ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarga 14 198 700 soʼmlik moddiy yordam ajratilganligini keltirish mumkin.
Koʼp yillardan beri Kutubxonaga mehnati singgan mehnat faxriylariga yubiley yoshga kirganliklari uchun jamoa shartnomasiga asosan 13 301 700 soʼmlik mukofot pullari bilan taqdirlandi.
Kutubxona hodimlariga “Navroʼz”, “Xayit” va “Konstituttsiya” bayramlari munosabati bilan 229 542 330 soʼmlik mukofot pullari berildi.
Xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasi, ish haqlari muntazam ravishda, oʼz vaqtida berilishi hamda jamoa shartnomasining barcha bandlarini bajarilishi kutubxona kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan nazorat qilib kelinmoqda.
Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi. Xodimlar soni 69 nafar, shundan 48 nafar ayollar, 8 nafar 30 yoshgacha boʼlgan ishchi xodimlar faoliyat koʼrsatadi.
Kutubxonada faoliyat olib borish uchun sharoitlar mavjud, kabinetlar kerakli jihozlar bilan taʼminlangan, texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi yuzasidan koʼrsatmalar, yoʼriqnomalar ishlab chiqilgan va texnika xavfsizligi burchaklari tashkil etilgan, mutaxassis tomonidan xodimlarga ayniqsa yangi ishga kirgan xodimlar qoidalar bilan tanishtiriladi.
Xodimlarimizni sogʼliklarini muntazam nazorat qilinib, jamoa shartnomasiga asosan maʼmuriyat tomonidan xodimlarimizni bir yilda bir marotaba oʼtkaziladigan umumiy tibbik koʼrik uchun pullarini muntazam toʼlab beriladi. Xodimlarga ish beruvchi va ishchi oʼrtasidagi huquqiy masalalar boʼyicha hamda xodimlarning shaxsiy muammolarini hal qilishda kutubxona yuristi tomonidan doimiy amaliy yordam va huquqiy maslahatlar berildi.
Kutubxona xodimlariga mehnatiga haq toʼlash respublikada belgilangan eng kam ish haqidan kam boʼlmagan miqdorda belgilangan.
Komissiya tarkibida kasaba uyushma qoʼmitasi aʼzolari ham faoliyat olib bormoqdalar.
2021 yilda mehnat taʼtili ish haqlari bir kun ham kechiktirilmay xodimlarimizga yetkazildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga binoan oylik ish haqlari oshirilib borildi.
Kutubxonada 18 yoshga toʼlmaganlar faoliyat koʼrsatmaydi. “Halqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʼgʼrisi”gi 138-konventsiya hamda “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʼgʼrisida”gi 182-Konventsiyalari talablari ijrosini taʼminlash borasida nazorat oʼrnatilgan.
Jamoa shartnomasining bajarilishi umumiy yigʼilishda muhokama qilindi va unga qoʼshimchalar kiritildi. Davlat dasturlaridan kelib chiqib belgilangan chora-tadbirlar oʼz ijrosini topdi.
2021 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili” davlat dasturi kutubxona jamoasi yigʼilishida oʼrganib chiqilib, kutubxona tadbiri tuzildi va tadbirlarning barcha bandlarini bajarilishiga erishildi.
2021 yilda kutubxona xodimlarining faoliyatlarini taʼminlash uchun juda muhim boʼlgan Internet tarmogʼi kutubxonadada uzluksiz ishlab turdi.
2021 yilda qish mavsumi biroz ogʼir kelishiga qaramasdan, texnik xodimlarning saʼy-xarakatlari va yordami bilan Kutubxona qozonxonasi uzluksiz ishlab turdi.
2022 yil “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili” davlat dasturi kutubxona jamoasi yigʼilishida oʼrganib chiqilib, kutubxona tadbiri tuzildi va tadbirlarning barcha bandlarini bajarilishiga erishildi.
Shuningdek, «Vatan himoyachilari kuni», «Xalqaro Xotin-qizlar kuni», «Navroʼz», «Mustaqillik», “Konstituttsiya kuni” “Xotira va qadrlash kuni” bayramlarini yuqori saviyada nishonlash anʼanaga aylanib qolgan.
Maʼmuriyat tomonidan sogʼlom va xavf-xatarsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Kutubxonada bu sohada mehnat muhofazasi boʼyicha vakil va komissiya faoliyat koʼrsatmoqda. “Yongʼin xavfsizligi”, “Texnika xavfsizligi” hamda “Mehnat muhofazasi-kasaba uyushma eʼtiborida” burchaklari tashkil etilgan. Kutubxonada Oʼzbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida»gi Qonun talablarini bajarilishi doimiy nazoratda boʼlib, aniqlangan kamchiliklarni tugatish choralari koʼrib kelinmoqda.
Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularni farzandlarini sogʼlomlashtirish masalalari kutubxonamiz diqqat-eʼtiborida boʼldi.
“Ichki mehnat tartibi qoidalari” ishlab chiqilgan va kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanib barcha xodimlar tanishtirilgan. Kutubxonada ishlovchi ayollar va yoshlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan, imtiyozlar jamoa shartnomasi orqali belgilangan. Maʼmuriyat tomonidan chiqarilayotgan buyruqlar kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishiladi.
Kutubxona maʼmuriyati kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish borasida jamoa shartnomasi asosida hamkorlikni davom ettiradi.
OʼzR FА Fundamental kutubxonasi mehnat jamoasi umumiy yigʼilishining 2021 yil 26fevraldagi
2-sonli bayonnomasiga 2-ilova
OʼzR FА Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan kutubxona kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi
E. B. Sabitovning
H I S O B O T I
Ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish borasida kutubxonada jamoa shartnomasi tuzilgan va Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan ekspertiza qilinib, ruyxatga olingan.
Jamoa shartnomasi Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofazaqilish toʼgʼrisida”gi Qonuni, jamoa kelishuvi va yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Unda kasaba uyushma aʼzolariga yaratilgan shart-sharoitlar, mehnatga haq toʼlash muddati va tartibi, mukofotlar, ustamalar, moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirishlar, moddiy yordamlar, mehnat shartnomasi hamda bandlik, ish va dam olish vaqti, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, madaniy-ommaviy, jismoniy tarbiya hamda sport ishlari, mexnat nizolariva boshqa bandlar oʼz aksini topgan.
Kutubxonakasaba uyushmasining ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, kasaba uyushmasi aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash, sogʼligini tiklash, kasb maxoratini oshirish, samarali ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida jamoa muzokaralarini tashkil etish, jamoa shartnomasi tuzilishiga va bajarilishiga erishish borasida birmuncha ishlarni amalga oshirdi.
Jamoa shartnomasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi oʼrtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2015-2017 yillar uchun imzolangan Bosh kelishuvga hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati bilan Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi Birlashgan qoʼmitasi oʼrtasida 2016-2020 yillarga tuzilgan ijtimoiy hamkorlik toʼgʼrisidagi Kelishuviga asoslanib ishlab chiqildi.
Ushbu hisobot davrida kasaba uyushmasining aʼzolari 5 kishini tashkil etgan.
2021 yilning boshida yillik ish reja tuzilib, shu asosida ishlar olib borildi.
2021 yil mobaynida kutubxona maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan turli tadbirlar, koʼrik-tanlovlar, sport tadbirlarini tashkil qilish va boshqa tadbirlarning oʼtkazilishida samarali hamkorlik qilindi.
“Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishyili” dasturini amalga tatbiq etish yuzasidan kutubxona kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼzining dasturini ishlab chiqdi.
Jamoa shartnomasi bandlariga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi asosida tuzilgan dastur tadbirlarida belgilangan vazifalar yuzasidan kasaba uyushmasi aʼzolari, ularning farzandlarini, koʼp bolali oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash va ularni sogʼlomlashtirish bilan bogʼliq masalalar kiritilgan.
Kasaba uyushmasi qoʼmitasiga kelib tushgan yozma va ogʼzaki murojaatlar talabi Mehnat kodeksi asosida qondirildi. Xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shu tufayli nizoli holatlar vujudga kelmadi.
Tushgan arizalarga muvofiq, xodimlarga sanatoriy uchun yoʼllanmalari va moddiy koʼmak berib kelinmoqda. Xodimlar va ularni oila aʼzolarini sogʼlomlashtirish maqsadida 2 nafar xodimimiz uchun sixatgohlarga imtiyozli yoʼllanmalar ajratildi.
Kasaba uyushmasi qoʼmitasi tavsiyasiga muvofiq, 5 nafar xodimlarimizga (1200 000) soʼmlik moddiy yordam berildi. 36 nafar xodimlarmiz farzandlariga Yangi yil archa bayramiga (2275 000) soʼmlik chiptalar olib berildi.
Buxoro shahriga 5 nafar ishchi-xodimlarimizga 2 kunlik ziyorat tashkil etildi.
1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan 21 nafar xodimlarimiz Oʼzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qumitasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
4 nafar faxriy xodimlarimizni Oʼzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qumitasi tomonidan (469 300) soʼmlik sovgʼalar bilan taqdirlandi.
Ish beruvchi tomonidan xodimlarga qulay, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Jamoa shartnomasi ilovasida alohida roʼyxatda keltirilgan xodimlarga gigienik vositalar berildi. Favqulotda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar koʼrilgan. Kuz – qish mavsumiga kutubxona binosi tayyorlandi. Mehnat xavfsizligi va fuqaro muhofazasi boʼyicha olib borilayotgan ishlar nazorati Kutubxona maʼmuriyati tomonidan tayinlangan vakil orqali amalga oshirilmoqda.
Kasaba uyushmasi tashkilotlarining chinakam uyushqoq va sohada taʼsirchan kuchga aylanishi uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Kasaba uyushmasi qoʼmitasining eng asosiy vazifasi ishlovchilarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ekan, bizga berilgan ishonchni oqlashga, kelgusida yilda bu boradagi ishlar koʼlamini yanada kengaytirishga harakat qilamiz.
OʼzRFА Fundamentalkutubxonasi mehnat jamoasiumumiy yigʼilishining 2021 yil 26fevraldagi 2-sonli bayonnomasiga 3-ilova
OʼzRFА Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillarga moʼljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi haqida tekshiruv
MА’LUMOTNOMА-DАLOLАTNOMАSI
Komissiya aʼzolari tomonidan Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida tuzilgan jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishini tekshirib quyidagilarni aniqladik:
Jamoa shartnomasining barcha boʼlimlari boʼyicha 159 ta tadbir (majburiyat) bajarilishi koʼzda tutilgan yil davomida jami 159 tasi bajarildi.
Jamoa shartnomasining asosiy bandlari toʼla va muddatdan ilgari bajarildi.
Jamoa shartnomasining 1 boʼlimi boʼyicha 7 ta majburiyat bajarilishi rejalashtirilgan boʼlib ulardan 7 tasi toʼliq bajarildi.
4 banddan iborat boʼlgan jamoa shartnomasining 2-boʼlimi yaʼni “Mehnat intizomi” ham toʼliq bajarildi.
Jamoa shartnomasini 3 boʼlimi 4 banddan iborat boʼlib “Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi” deb ataladi. Unda koʼrsatilgan bandlar toʼliq bajarildi.
Jamoa shartnomasining 4 boʼlimi “Jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish” 9 banddan iborat boʼlib barcha bandlar bajarildi.
Jamoa shartnomasining 5 boʼlimi “Jamoa shartnomasining majburiyatlarining buzilishi yoki ularni bajarmaslik uchun javobgarlik” deb ataladi va unda 2 banddan iborat boʼlib barcha bandldar bajarildi.
Jamoa shartnomasining 6 boʼlimi yaʼni “Mehnatni muhofaza qilish” 17 banddan iborat. Ushbu bandlar asosida xodimlarni, shu jumladan ayollarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni taʼminlash asosan bajarildi. Ish beruvchi Oʼzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni negizida muassasada mehnat muhofazasini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uni moliyaviy taʼminlash majburiyatini oldi. Xodimlar oʼz vaqtida tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Mehnat sharoitidan kelib chiqib xodimlar maxsus kiyim bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfektsiyalash vositalari bilan taʼminlandi. Markazda Oʼzbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʼurtasi toʼgʼrisida”gi va “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish toʼgʼrisida”gi Qonunlari asosida ish yuritilgan, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi sugʼurta qilingan. Mehnat muhofazasi boʼyicha qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishining ustidan jamoa tekshiruvi olib borildi. Qish mavsumida markaz binosi yetarli darajada isitilganligi hamda yoritilganligi sababli ishlovchilarga samarali mehnat qilish imkoniyatini berdi. Markazda yongʼinga qarshi tadbirlarni amalga oshirish choralari koʼrildi.
5 banddan iborat boʼlgan jamoa shartnomasining 7-boʼlimi yaʼni “Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat” ham toʼliq bajarildi.
Jamoa shartnomasini 8 boʼlimi 18 banddan iborat boʼlib “Mehnat shartnomasi. Bandlik kafolatlari” deb ataladi. Unda koʼrsatilgan ishga qabul qilish, vaqtincha boshqa ishga oʼtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilinganda amal qilinishi lozim boʼlgan bandlar toʼliq bajarildi.
Jamoa shartnomasining 9 boʼlimi “Ish vaqti va dam olish vaqti” 15 banddan iborat boʼlib barcha bandlar bajarildi.
Shartnomaning 10 boʼlimi yaʼni “Mehnatga haq toʼlash. Kafolatli toʼlovlar va kompensatsiya toʼlovi” 16 banddan iborat. Mehnatga haq toʼlash tizimi xodimlar toifasiga qarab yagona tarif setkasi boʼyicha belgilangan. Ish beruvchi mehnatga haq toʼlashga va mehnatni meʼyorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini kasaba uyushmasi bilan kelishib bordi. Mehnat shartnomasi bilan belgilangan mehnatga haq toʼlash shartlari jamoa shartnomasida belgilangan shartlarga nisbatan yomon boʼlishiga yoʼl qoʼyilganligi aniqlanmadi. Xodimlarning lavozim maoshlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʼgʼrisida»gi Farmoniga asosan ish beruvchi buyrugʼiga muvofiq belgilangan tartibda oshirib boriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli «Ish haqi oʼz vaqtida toʼlanishiga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida markazda ish haqining oʼz vaqtida va toʼliq berilishi nazorat qilib borildi. Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisida»gi Qonunida belgilangan imtiyozlar yaratib berilgan. Kutubxona xodimlari faoliyatidagi yutuqlar uchun berilishi rejalashtirilgan ustama pul va qoʼshimcha haqlarni tasdiqlashda kasaba uyushmasi qoʼmitasi vakilining ishtiroki taʼminlangan. Xodimlarning turli toifalari uchun (MK 170-173-moddalarida nazarda tutilgan) ustamalar, qoʼshimcha toʼlovlar va kompensatsiyalar toʼlanishi boʼyicha jamoatchilik nazorati jamoa shartnomasi orqali amalga oshirildi. Jamoa shartnomasi orqali kutubxonadagi koʼp bolali va kam taʼminlangan oilalar vakillariga, urush va mehnat faxriylariga ish beruvchi tomonidan moddiy yordam koʼrsatildi. Jamoa shartnomasi bilan belgilangan koʼrsatkichlarni bajarilishiga qarab mehnatga haq toʼlash tartibga solindi. Jamoa shartnomasi bilan belgilangan koʼrsatkichlarni bajarilishiga qarab mehnatga haq toʼlashni tartibga solish mexanizmida koʼrsatilgan 3 ta band yaʼni qishloq xoʼjaligi ishlariga, malaka oshirish, xizmat safarida boʼlish, tibbiy koʼrikdan oʼtish davrida xodimlarni oʼrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etildi.
Barcha xodimlar kasb malakasiga qarab 1 stavkadan kam boʼlmagan ish bilan taʼminlandilar hamda yangi ishga qabul qilinganlarning barchasi bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Mehnat shartnomasini 2021 yilda ish beruvchini tashabbusi bilan bekor qilish holatlari qayd etilmadi.
Jamoa shartnomasining 11 boʼlimi yaʼni “Ijtimoiy sugʼurta. Ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar” 11 banddan iborat boʼlib barcha bandlar asosan bajarildi. Unda taraflar Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy boʼlinmalar toʼgʼrisidagi nizomlar, mansab yoʼriqnomalari, Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan taʼminlanishini va nazorat qilinishini oʼz zimmasiga olganlar. Xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida taqdirlandilar.
Jamoa shartnomasining “Madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʼlomlashtirish sport ishlari” 12 boʼlimida koʼrsatilgan 10 band boʼyicha xodimlar oʼrtasida sport musobaqalari hamda muhim sanalarda bayram tadbirlari oʼtkazildi. Kutubxonada tashkil etilgan maʼnaviyat xonasi samarali faoliyat koʼrsatdi. Kutubxonada Prezident asarlari va mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlandi. Kutubxona “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalariga obuna qilindi.
Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan ilmiy tadqiqot kutubxonalaridan tashkil topgan oilaviy jamoa xodimlari oʼrtasida “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʼoyalar va texnologiyalarni qoʼllab-quvvatlash yili” shiori ostidagi sport turlari boʼyicha musobaqalari oʼtkazildi. Kutubxona xodimlari ushbu musobaqalarda ishtirok etdilar.
Jamoa shartnomasining 13 boʼlimi 9 banddan iborat boʼlib, yaʼni “Аyollar mehnatini tartibga solish. Аyollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʼul shaxslarga beriladigan qoʼshimcha imtiyozlar va kafolatlar” 9 banddan iborat. Taraflar Mexnat kodeksida koʼzda tutilgan kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʼz zimmalariga olganlar va bajarganlar.
Jamoa shartnomasining 14 boʼlimi 10 banddan iborat va “Yoshlar uchun qoʼshimcha imtiyozlar va kafolatlar” deb ataladi. Kutubxona ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish xamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi yechimini topish maqsadida tomonlar oʼz majburiyatlarini bajardilar. Yoshlar bilan ishlash boʼyicha kompleks dastur va uni amalga oshirish tadbirlari ishlab chiqilgan va bajarilgan. Yosh xodimlar, mutaxassislar va boshqalar oʼrtasida kasb mahorati boʼyicha tanlovlar oʼtkazildi. Yosh oilalar aʼzolari boʼlmish xodimlarga xar taraflama yordam koʼrsatildi.
Jamoa shartnomasining 15 boʼlimi 8 banddan iborat – “Mehnat nizolarini hal etish” – asosan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʼmitasi tomonidan teng sonli aʼzolardan mehnat nizolari komissiyasi tashkil etilgan. Jamoaga doir mehnat nizolari Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Ish beruvchi tizimida mehnatga oid qonun hujjatlari buzilishini oldini olish boʼyicha taraflarning tizimli hamkorligi yoʼlga qoʼyildi.
jamoa shartnomasining 16-boʼlimi 10 ta banddan iborat boʼlib, yaʼni “Ijtimoiy sherikchilik. Kasaba uyushmasi faoliyatining kafolatlariga rioya etilishi” ham toʼliq bajarildi. Shu bandlarga asosan Taraflar mazkur shartnomasi kutubxona xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni oʼz ichiga oluvchi ijtimoiy sheriklikning normativ hujjati deb eʼtirof etdilar hamda jamoa shartnomaga amal qilish, uning barcha shartlarini bajarish majburiyatlarini oʼz zimmalariga oldilar. Taraflar dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun kasaba uyushmasi faollari va ish beruvchining Vazirliklar, idoralar vakillari bilan davra suhbatini tashkil qildi. Taraflar kasaba uyushmasi aʼzolik badallari xodimning yozma roziligi bilan (Mehnat kodeksining 164 moddasi) buxgalteriya orqali pul oʼtkazish yoʼli bilan Birlashgan qoʼmita hisob raqamiga oʼtkazilyapti. Аkademiya «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisida»gi Qonunga binoan kutubxonada kasaba uyushma qoʼmitasining faoliyat koʼrsatishi uchun ish beruvchi tomonidan sharoit yaratib berilishi nazoratga olingan. Xodimlarni yangi ishga qabul qilish jarayonida ularni dastlab kasaba uyushmasi qoʼmitasi tanishuv suhbatidan oʼtishi yoʼlga qoʼyilgan.
Moddiy yordam va mukofot pullari oʼz vaqtida toʼlab berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi mehnat jamoasi umumiy yigʼilishining
BАYONNOMАSI № 2
2021 yil 26 fevral Toshkent shahri
Raislik qiluvchi: Berdieva Zuhra Shukurovna
Fundamental kutubxonasi direktori,
Ishtirok etdilar: Raziqov Begzod Oʼzbekiston Respublikasi FA kasaba uyushma qumitasi hisobchisi
Kotiba Muzaffarov Muxlisa
Аbdumuxammad qizi
Bugungi jamoa shartnomasi muxokamasi umumiy yigʼilishida kutubxona umumiy jamoasini 74 nafar xodimlardan 50 nafari ishtirok etishmoqda.
K U N T А R T I B I:
1. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan kutubxona maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi toʼgʼrisida.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillarga moʼljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash toʼgʼrisida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan
Eshitildi:Kutubxona direktori Z. Sh. Berdieva 2020 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Kasaba uyushma qoʼmitasi raisi E. B. Sabitov kasaba uyushmasi qoʼmitasining 2020 yil davomidagi faoliyati haqida hisobot berdi.
Hisobot yuzasidan muzokaraga soʼzga chiqdilar: B. O. Mannonov, M. I. Matmuradova olib borilgan ishlar haqidagi oʼz fikr va mulohazalarini aytib, kasaba uyushmasi qoʼmitasi va maʼmuriyat oʼrtasida imzolangan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishini qoniqarli deb topish taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan maʼqullandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan
Eshitildi: I. T. Xudayberganova jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya raisi kutubxona maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillarga moʼljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yigʼilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dalolatnoma yuzasidan muzokoraga soʼzga chiqdilar: G. Ye. Berdimbetova dalolatnomani mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga eʼtibor kuchaytirish lozimligini taʼkidlashdilar hamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan maʼqullandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinib umumiy yigʼilish
QАROR QILАDI:
1. 2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan kutubxona direktori Z. Sh. Berieva va kasaba uyushma qoʼmitasi raisi E. B. Sobitovlarning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
2.2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi boʼyicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi).
3.2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin.
4. Fundamental kutubxonasi maʼmuriyatiga va kasaba uyushmasi qoʼmitasiga:
– jamoa shartnomasining toʼliq bajarilmay qolgan bandlarini 2021 yil davomida amalga oshirish;
– jamoa shartnomasini jamoa kelishuvi bilan muvofiqligini taʼminlash;
– “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan jamoa shartnomasiga qoʼshimchalarni kiritish;
– jamoa shartnomasini ijrosini taʼminlash borasidagi masʼuliyatni yanada oshirish vazifalari topshirilsin.
5. Ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish Fundamental kutubxonasi direktori Z. Sh. Berdieva va kasaba uyushma qoʼmitasi raisi E. B. Sabitov zimmalariga yuklatilsin.
Yigʼilish raisi: Z. Sh. berdieva
Yigʼilish kotibi: M. А. Muzaffarova
FUNDАMENTАL KUTUBXONАSI
JАMOАSI UMUMIY YIGʼILIShI
2021 yil 26 fevral 2-sonli
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi mehnat jamoasi umumiy yigʼilishi
QАROR QILАDI:
1.2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan kutubxona direktori Z. Sh. Berdieva va kasaba uyushma qoʼmitasi raisi E. B. Sabitovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
2.2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi boʼyicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi).
3.2020-2022 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin.
4. Fundamental kutubxonasi maʼmuriyatiga va kasaba uyushmasi qoʼmitasiga:
– jamoa shartnomasining toʼliq bajarilmay qolgan bandlarini 2021 yil davomida amalga oshirish;
– jamoa shartnomasini jamoa kelishuvi bilan muvofiqligini taʼminlash;
– “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan jamoa shartnomasiga qoʼshimchalarni kiritish;
– jamoa shartnomasini ijrosini taʼminlash borasidagi masʼuliyatni yanada oshirish vazifalari topshirilsin.
5.Ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish Fundamental kutubxonasi direktori Z. Sh. Berdieva va kasaba uyushma qoʼmitasi raisi E. B. Sabitov zimmalariga yuklatilsin.
Kutubxona direktori: Z. Sh. Berdieva
Kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi: E. B. Sabitov