Qiyomatga qolgan tazarru
UDK: 821
BBK 84 (5U)6
I 73
Yo’ldosh, Ravshan.
Qiyomatga qolgan tazarru: (Qissa va hikoyalar) / Ravshan Yo’ldosh. — T.: O‘zbekiston, 2010. — 128 b.
ISBN 978-9943-01-636-1
Mazkur asarda sizu bizning kundalik hayotimizda yuz bergan yoki ko’piga bevosita o’zimiz guvohi bo’lgan voqea-hodisalar tilga olingan. Kitobdagi hodisalar bizga begona emas, balki shunchalik tanishki, hatto har kuni duch kelavergani- mizdan o’zimiz ularga qariyb ahamiyat bermay qo’yganmiz. Bu ayniqsa, «Qiyomatga qolgan tazarru» qissasida yozuvchi tomonidan g’oyat mohirlik bilan tasvirlab berilgan. Qissa qahramoni bizning zamondoshimiz. Muallif qahramonning ichki kechinmalarini, uning to’g’ri yo’ldan adashib, makkorlik, manmanlik, takabburlik, hudbinlikka va hiyonatga yuz burishini hech bir bo’rttirishlarsiz, sodda va tushunarli tilda tasvirlab bera olgan. Jazoning esa qiyomatgacha qolmasligiga kitob mutolaasi chog’i o’zingiz amin bulasiz.
Zero, birovning haqiga hiyonat qilish hech kimga baxt keltirgan emas. Shuningdek, ushbu kitobdan o’rin olgan hikoyalar ham mavzusining dolzarbligi va qiziqarliligi bilan o’quvchining eʼtiborini jalb qilishiga umid bildirib qolamiz.
UDK: 821 BBK 84 (5U) 6