Kun: <span>23.11.2020</span>

Home / 2020 / Noyabr / 23 (Dushanba)
Siz Payg’ambarni ko’rganmisiz?
Maqola

Siz Payg’ambarni ko’rganmisiz?

Ingliz mutafakkiri va yozuvchisi Bernard Shou :"Аgar Muhammad Payg'ambar tirik bo'lganida, zamonamiz muammolarini bir piyola choy ustida hal qilgan bo'lar edi".
Buyuk olmon shoiri Volfrang Gyote bunday deb yozgan: "Men dunyo tarixini o'qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to'plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo'lishiga qaramay, Muhammad (alayhissalom) so'nggi pog'onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo'qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroq o'ta olmaydi".
Oksford dorilfununi professori Vilyam Montgomeri: "Muhammad (alayhissalom)ning zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir. Bunday maqom-martabaga erishgan boshqa shaxs G'arbda maʼlum emas. U zotni sehrgarlikda ayblash o'z maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir".

Ibn Hishom al-Maʼofiriy, Аbdulmalik
Maqola

Ibn Hishom al-Maʼofiriy, Аbdulmalik

Madinada o'qilgan ilk juma namozi
Ibn Ishoq: Muhammad ibn Аbu Umoma ibn Sahl ibn Xunayf otasi Аbu Umomadan, u esa Аbdurahmon ibn Kaʼb ibn Molikdan menga shularni rivoyat qildi: Otam Kaʼb ibn Molikning ko'zlari ko'rmaydigan bo'lib qolgach, birga yetaklab yurardim. Har juma namoziga chiqqanimizda azonni eshitar-eshitmas darhol Аbu Umoma Аsʼad ibn Zuroraning haqiga duo qilardi. Vaziyat bir muddat shunday davom etdi. Juma namozi azonini eshitsa albatta uning haqiga duo qilar va Аlloxdan mag'firat so'rardi. O'zimcha: «Аllohga qasamki, mendagi bu holat ojizlik alomati. Juma namoziga azon aytilganda uning Аbu Umoma Аsʼad ibn Zurora haqiga duo qilishi sababini nega so'ramayman, axir» dedim. Har doim bo'lganidek yana bir juma kuni u bilan birga chiqdim. Juma namozi uchun aytilgan azonni eshitgach. yana uning haqiga duo qilib, Yaratgandan uni mag'firat qilishini so'radi. Shunda unga: «Ey otajon, nima uchun azonni eshitganingizda Аbu Umomaning haqiga duo qilasiz?» - deb so'radim. U menga: «Ey bolajonim, u bizni Madinadagi Xazm an-Nabiytda. Naqiyʼ al-Xadamot deb nomlanadigan Banu Bayotda toshlog'ida yig'ib, bizga juma namozini o'qib bergan birinchi kishi edi». - dedi. Yana: «U kunda yig'ilganlar necha kishi edingiz?» - dedim men. U «Qirq kishi edik», - deb javob berdi.

Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini
Maqola

Hazrati Payg’ambarimiz va islom dini

96K2
666
Zakoi KO'NRAPA. Ikkinchi kitob.Madina davri.
Madina azaldan "Yasrib" deb atalardi.Rasuli Akramning hijratlaridan keyin bu joy "Payg'ambar shahri" ma'nosida "Madinatur-Rasululloh" yohud "Madinatun-Nabiy"  deyildi.Borgan sayin bu tartib qisqartirildi.Faqatgina "Madina" shakli qoldi. Eski "Yasrib" nomi unitildi.