Maxsus imkoniyatlar
library.academy.uz library.academy.uz
  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish
FАXR – IFTIXORIMIZ, BURCH VА SHUKRONАMIZ
Dekabr 07, 202007.12.2020
0

FАXR – IFTIXORIMIZ, BURCH VА SHUKRONАMIZ

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Konstitutsiyaga amal qilinishining kafili sifatida jamiyatimizda qonun  ustuvorligini taʼminlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni oʼzimning nafaqat vazifam, eng avvalo, muqaddas burchim, deb hisoblayman.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti

                                                      Sh.Mirziyoyev

                 

       Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Dunyoda birinchi Konstitutsiya 1787-yil AQShda qabul qilingan. Yevropada esa birinchi bo‘lib, 1791-yil Polsha o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan.
       Har bir davlatning Konstitutsiyasi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, uning milliy xususiyatlari, an’analaridan kelib chiqadi.
Bugun har qanday davlatga o‘z qonunlarining adolatlilik darajasi, insoniyat taraqqiyotining XXI asr boshlaridagi ilg‘or aqidalariga qanchalar mosligi, eng muhimi, ana shu kuchda bo‘lgan huquqiy qonunlarga nechog‘li amal qilinayotganiga qarab baho beriladi.
Shu ma’noda, aytish mumkinki, O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida davlatchilikning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi va “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.Bu  qonun ushbu Konstitutsiya uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
      O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. 28 yil davomida bosh qomusimizga bir necha bor tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
    O‘zbekiston Respublikasi  konstitutsiyasi  muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob,  128 moddadan iborat.
1-bo‘lim ─ Asosiy prinsiplar: O‘zbekistonda davlatchilik shakli, qonunlar ustuvorligiga bag‘ishlanadi.
2-bo‘lim ─ Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: O‘zbekistonda fuqarolik shakli, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlari, ularning himoya qilinishi xususida so‘z yuritiladi.
3-bo‘lim ─ Jamiyat va shaxs: jamoat birlashmalari, oila instituti, ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi moddalarni jamlaydi.
4-bo‘lim ─ Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi: Respublika hududining ma’muriy bo‘linishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
5-bo‘lim ─ Davlat hokimiyatining tashkil etilishi: hokimiyatning uchga bo‘linish prinsipi, Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Sud hokimiyati, mahalliy hokimliklar, Prokuratura organlari vakolatlari hamda vazifalari, mudofaa va moliya tizimiga bag‘ishlangan.
6-bo‘lim: Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi xususida.
Konstitutsiya matnida eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlar: Respublika ─ 390 marta, O‘zbekiston ─ 354 marta, qonun ─ 210 marta, davlat ─ 98 marta, huquq ─ 90 marta, Konstitutsiya ─ 70 marta, fuqaro ─ 66 marta, Prezident ─ 62 marta, Qoraqalpog‘iston ─ 33 marta, shaxs ─ 32 marta, erkinlik ─ 27 marta, xalq ─ 24 marta, demokratiya ─ 7 marta. Jami matn 7543ta so‘zdan iborat.

Konstitutsiya matni ilk bor 1992 yil 15 dekabr sanasida «Xalq so‘zi» gazetasining 247-sonida e’lon qilingan.

      Shu o’rinda Prezidentimiz aytganlaridek –  Konstitutsiya har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini toʼliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmogʼi lozim.
In Yangiliklar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Zahmatkash va zabardast olim!
    Zahmatkash va zabardast olim!20.01.2021
  • Aziz inson haqida xotira ham aziz!
    Aziz inson haqida xotira ham aziz!19.01.2021
  • Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II
    Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II15.01.2021
  • Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik
    Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik10.10.2018
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018
  • Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
    Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi13.02.2018

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Dekabr 2020
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
« Noy   Yan »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020