Maxsus imkoniyatlar
library.academy.uz library.academy.uz
  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish
Kutubxonamiz «Ibrat» tarixiy filmi suratga olish jarayoniga ko’maklashdi
Dekabr 14, 202014.12.2020
0

Kutubxonamiz «Ibrat» tarixiy filmi suratga olish jarayoniga ko’maklashdi

       Respublikamizning yetakchi kinorejissyorlardan biri Jahongir Qosimov yaqinda yana bir tarixiy allomamiz – Ishoqxon Ibrat haqida “Ibrat” badiiy filmini suratga oldi. “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan ishlangan mazkur film chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan O‘zbekistonning murakkab davrlarida faoliyat yuritgan ma’rifatparvar, noyob iste’dod egasi, o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri Ishoqxon Ibrat haqida hikoya qiladi.

        Filmda Ibrat bobomizning murakkab yillarda yengilmas, matonatli, xalq manfati va maqsadi yo‘lida kurashlardan qaytmaydigan fe’l-atvor egasi ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga el tinchligi, to‘qligi va ertasi faqat ma’rifat bilangina qo‘lga kiritilishi mumkinligi ilgari surilgan. Ibrat domlaning dunyo kezishi, til o‘rganishi, neki yangilik va yaxshilik uchrasa ona yurtiga tadbiq etishga harakat qilishi, yurtning ma’rifat va ozodlikka erishish g‘oyasini targ‘ib etadigan, qayerda va qay holatda bo‘lmasin ma’rifat uchun kurashishdan tolmaydigan, nufuzli amaldor, qozi ekaniga qaramay, o‘z doirasidagi odamlarga qarshi borib, doimo xalq tarafida turgan inson sifatida gavdalantirilgan. Ibrat domlaning dunyo kezganligi bilan bog‘liq ayrim lavhalar Hindiston va Misr davlatlarida olingan.

Ibratning yoshligini Rossiyada xizmat ko‘rsatgan aktyor Farhod Mahmudov ijro etgan. Shuningdek, filmda Saidkomil Umarov, Matyoqub Matchonov, Mixail Kaminskiy, Seydulla Moldaxanov, Abduraim Abduvahobov, Tohir Saidov, Furqat Fayziyev, Shahzoda Matchonova va boshqa taniqli aktyorlar suratga tushgan.

“Ibrat” badiiy filmi yaqin kunlarda ekranlarda namoyish etiladi.

In Yangiliklar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Zahmatkash va zabardast olim!
    Zahmatkash va zabardast olim!20.01.2021
  • Aziz inson haqida xotira ham aziz!
    Aziz inson haqida xotira ham aziz!19.01.2021
  • Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II
    Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II15.01.2021
  • Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
    Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi13.02.2018
  • Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik
    Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik10.10.2018
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Dekabr 2020
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
« Noy   Yan »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020