Hukumatning 22 dekabrdagi tegishli qarori bilan “Аxborot-kutubxona aʼlochisi” koʼkrak nishoni taʼsis etildi.
Mazkur koʼkrak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʼrsatishning yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʼshgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targʼib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yoʼnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʼkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt baravari miqdorida (bugungi kunda 892 ming soʼm) biryoʼla toʼlanadigan pul mukofotini oladi.