Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan har ikkala tanlovda ham g‘oliblar aniqlanib,munosib rag‘batlantirildi. Xususan, “Yagonasan muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovida Qashqadaryo viloyati Nuriston garnizoni harbiy xizmatchilari, oddiy askar Hakim Xikmatov, Farrux Musulmonov va Salohiddin O‘sarovlar fahrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin Buxoro garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchisi kichik serjant Jonibek Jumaniyazov va uning farzandi Gulsanam Mamatovaga nasib etdi. Surxondaryo viloyati Sariosiyo garnizoni harbiy xizmatchisi II darajali serjant Xusniddin Ulug‘ov uchinchi o‘rinni egalladi.
“Eng yaxshi kitobxon harbiy oila” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati Termiz garnizoni harbiy xizmatchisi Elyor To‘rayevlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati Sariosiyo garnizoni harbiy xizmatchisi serjant Bahrom Mamatovlar oilasi ыщlga kiritdi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanib, ko‘rik-tanlovning mudofaa vazirligi qo‘shinlari miqiyosida o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.