Maxsus imkoniyatlar
library.academy.uz library.academy.uz
  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish
Kitob mutolaasining inson salomatligiga foydalari
Dekabr 23, 202023.12.2020
0

Kitob mutolaasining inson salomatligiga foydalari

YAXSHI OROM OLISH UCHUN
Xotirjam bo‘lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o‘qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg‘onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o‘qish esa, aksincha, ta’sir ko‘rsatadi – miya uxlash vaqti bo‘lganligini tushunadi.

O‘QISH MIYA FAOLIYATINI YAXSHILAYDI
Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalari sonini oshi­rishini ta’kidlashmoqda.

KITOBGA OSHNOLIK TUSHKUNLIKKA QARSHI KURASHISHGA YORDAM BERADI
Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o‘qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka tushgan insonlar kitob o‘qishni boshlaganlaridan so‘ng bu holatdan chiqib ketishgan.

MUTOLAA HAYOTDAGI MAQSADNI ANGLASHGA VA QIYINCHILIKLARNI YENGISHGA YORDAM BERADI
Ogayo shtati universiteti olimlari bola qancha ko‘p kitob o‘qisa, hayot yo‘lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o‘qish hayotdagi to‘siqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

KITOB O‘QIYDIGAN BOLALAR HAMISHA FAOL BO‘LISHADI
Tadqiqotlar kitob o‘qiydigan bolalar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo‘lishlarini isbotladi.

XOTIRANI VA FIKRLASH QOBILIYATINI YAXSHILAYDI
Har safar kitob o‘qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o‘qiydigan bolalarda fikrlash qobiliyati boshqa bolalarga nisbatan yaxshiroq bo‘lar ekan.

MUTOLAA SO‘Z BOYLIGINI OSHIRADI
Kitob o‘qiyotgan paytda notanish so‘zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo‘ladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini ko‘paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshi­radi.

MUTOLAA CHET TILINI O‘RGANISHNI OSONLASHTIRADI
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

TINGLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRADI
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o‘qiganda yanada samarali bo‘ladi.

MUTOLAA IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRADI
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari­ning mashg‘ulotlariga mavzuli komiks­larni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.

KO‘P KITOB O‘QIYDIGAN BOLALAR DARSLARNI YAXSHI O‘ZLASHTIRISHADI
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o‘qishni xush ko‘radigan bolalar maktabda ham yaxshi o‘qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o‘zlashtirishadi.

MUTOLAA YAXSHI HIKOYAGO‘YGA AYLANTIRADI
Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi.

KITOB YAXSHILIK QILISHGA UNDAYDI
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko‘proq shug‘ullanishadi.

In Yangiliklar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Zahmatkash va zabardast olim!
    Zahmatkash va zabardast olim!20.01.2021
  • Aziz inson haqida xotira ham aziz!
    Aziz inson haqida xotira ham aziz!19.01.2021
  • Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II
    Typenkatalog usbekischer Zaubermarchen.Band II15.01.2021
  • Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik
    Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik10.10.2018
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018
  • Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
    Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi13.02.2018

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Bog’lanish

M.Ulug'bek, Ziyolilar-13
www.library.academy.uzinfo@library.academy.uz+998 71 262 74 58

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Hujjatlar
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Dekabr 2020
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
« Noy   Yan »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020