«Umrini ilmga, insonlarga yaxshilik qilishga, Navoiy bobomiz ijodini dunyoga targʼib qilishga , Navoiy asarlari asosida yoshlarni adolatli, saxovatli, samimiy, halol, haqiqatgoʼy boʼlishga oʼrgatgan, koʼplab shoigirdlarni tarbiyalagan ustozimizning xotirasini yodga olish, aziz bilish, bir tilovat bilan ruhlarini shod etish har birimizning, ayniqsa Madaniyat va sanʼat instituti jamoasining, talabalarining, Madaniyat instituti bitiruvchilarining burchidir. Men sizlarni halol va samimiy, haqiqatgoʼy, sahovatli, insofli va diyonatli, adolatli boʼlishga chaqiraman. Qoʼlingizdan kelsa barchaga yaxshilik qiling, qoʼlingizdan kelmasa yomonlik qilmang, bu har bir ehson. Bu oʼgitni domla doim aytganlar. Uni sizga yetkazish mening vazifam.»
FA Fundamental kutubxona direktori: Berdiyeva Z. SH.