Mirziyoev Sh.M.
M 54 Yangi O’zbekiston strategiyasi [Matn] / Sh.M. Mirziyoev. –
Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2021. – 464 b.
ISBN 978-9943-6992-3-6
Mazkur asar kitobxonlarda Yangi O’zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish uchun biz belgilab olgan strategik yo’l to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Ushbu kitob xalqimizning Yangi Uyg’onish davri asoslarini yaratish bilan bog’liq ezgu orzu-intilishlari, ularni amalga oshirish borasidagi eng muhim vazifalarni atroflicha taxlil etishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Yangi Ozbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish istak, subʼektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning o’zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan obʼektiv zaruratdir.
Biz bu yo’lda islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan jamiyatimiz aʼzolarining bor bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu shijoatimizni ishga solishimiz zarur. Shundagina Yangi O’zbekiston jaxon maydonida kuchli salohiyat, munosib obru-eʼtiborga ega bo’lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi.