Uchrashuvga FA Birlashgan kasaba uyushmasi hisobchisi Begzod Roziqov tashrif buyurdilar, kutubxona rahbariyati va kasaba uyushmasi raisi Eldor Sobitov o'z hisoboti bilan ishtirok etdilar. Uchrashuv kutubxona xodimlar jamoasi bilan savol-javoblarga boy, samimiy suhbat tariqasida tashkil qilindi.
50 yoshlik yubiley ayyomingiz qutlug’ bo’lsin!
Bugun FA Fundamental kutubxonasida "Ilmiy-uslubiy" bo'lim boshlig'i Oksana Alimovna va " Jamlash bo'limi" yetakchi kutubxonachisi Vlada Aleksandrovnaning 50 yillik yubiley ayyomi munosabati bilan chiroyli tadbir bo'lib o'tdi!
Alvar Aalto kutubxonasi
Aalto uslubiga xos xususiyatlar hamma joyda ko'rinadi. U kutubxonalar arxitekturasi va dizayniga juda katta ahamiyat qaratgan, kutubxona elementlarini har biri bilan o'zi shug'ullangan yuksak saviyali arxitektur bo'lgan.
Ilmiy-amaliy konferensiya
2022-yil 16-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxona direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna Rossiya FАning Sibir boʼlimida boʼlib oʼtgan ilmiy-amaliy konferensiyaning "Kitob madaniyatining oʼtgan davrdagi va zamonaviy muammolari" nomli 3-sho'basida "Аlisher Navoiy asarlarida kitob, oʼqish , kitobxonlik faoliyati masalalari" mavzusida on-layn maʼruza bilan ishtirok etdi.
Bayram muborak bo’lsin!
FA Fundamental kutubxonasi rahbariyati va hodimlari sizlarni yaqinlashib kelayotgan nafis bahor faslining eng go'zal bayrami 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barchangizni tabriklaydi!