2022-yil 15-fevral kuni Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi taklifi bilan Toshkent kutubxonalari bilan tanishib borayotgan hamkasblarimiz Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʼlimi direktori tarix fanlari doktori Irina Vladimirovna Lazunova, direktorning ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Sergey Vasilevich Kozlov , kutubxonamizning sobiq xodimi, hozirgi kunda Rossiya FА Davlat Xalq ilmiy texnika kutubxonasi Sibir boʼlimi direktorining Xalqaro aloqalar boʼyichayordamchisi Pshenichnaya Yevgeniya Vladimirovnalar bizning kutubxonamizga kelib ketdilar!
Ular kutubxonamiz boʼlimlari, xodimlar bilan, olib borayotgan ishlarimiz bilan tanishdilar. Oʼzlarini qiziqtirgan masalalar boʼyicha savollariga javob oldilar. Kelgusida kitob va axborot almashinuvini tilash, hamkorlikda ilmiy loyihalar, ilmiy anjumanlar oʼtkazish haqida suhbatlashdik. Hamkorlik haqida Memorandum tayyorlash haqida kelishib olindi.