Author: Librarian

Home / Librarian
Maqola

«Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!»

2022 yil 10 fevral Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti " Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida" Qaroriga muvofiq FA Fundamentla kutubxonasida "Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi!

FA Fundamental kutubxonasi barcha hamyurtlarimiz qatori, barchaning qalbiga iliqlik quvonch olib keluvchi, xalqimiz suyib qadrlovchi Navruz bayramini nishonlashdilar!
Maqola

FA Fundamental kutubxonasi barcha hamyurtlarimiz qatori, barchaning qalbiga iliqlik quvonch olib keluvchi, xalqimiz suyib qadrlovchi Navruz bayramini nishonlashdilar!

Bayramda kutubxona rahbariyati va hodimlar jamoasi bilan bir qatorda O'zbekiston Davlat Madaniyat va San'at instituti talabalari tashrif buyurishdi. Sahnada kutubxonamiz hodimlari o'z sahna ko'rinishlari bilan barchaga kulgi ulashishdi, institut talabalari tomonidan kuylangan ashulalar esa bayramga yanada bayramona shukuh bag'ishladi.

Bugun FA Fundamental kutubxonasida «OʼzR FА Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillarga moʼljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi!
Maqola

Bugun FA Fundamental kutubxonasida «OʼzR FА Fundamental kutubxonasi maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʼmitasi oʼrtasida 2020-2022 yillarga moʼljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi!

Uchrashuvga FA Birlashgan kasaba uyushmasi hisobchisi Begzod Roziqov tashrif buyurdilar, kutubxona rahbariyati va kasaba uyushmasi raisi Eldor Sobitov o'z hisoboti bilan ishtirok etdilar. Uchrashuv kutubxona xodimlar jamoasi bilan savol-javoblarga boy, samimiy suhbat tariqasida tashkil qilindi.

Alvar Aalto kutubxonasi
Maqola

Alvar Aalto kutubxonasi

Aalto uslubiga xos xususiyatlar hamma joyda ko'rinadi. U kutubxonalar arxitekturasi va dizayniga juda katta ahamiyat qaratgan, kutubxona elementlarini har biri bilan o'zi shug'ullangan yuksak saviyali arxitektur bo'lgan.

Ilmiy-amaliy konferensiya
Maqola

Ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yil 16-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxona direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna Rossiya FАning Sibir boʼlimida boʼlib oʼtgan ilmiy-amaliy konferensiyaning "Kitob madaniyatining oʼtgan davrdagi va zamonaviy muammolari" nomli 3-sho'basida "Аlisher Navoiy asarlarida kitob, oʼqish , kitobxonlik faoliyati masalalari" mavzusida on-layn maʼruza bilan ishtirok etdi.

Bayram muborak bo’lsin!
Maqola

Bayram muborak bo’lsin!

FA Fundamental kutubxonasi rahbariyati va hodimlari sizlarni yaqinlashib kelayotgan nafis bahor faslining eng go'zal bayrami 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barchangizni tabriklaydi!

FA Fundamental kutubxonasiga Rossiya davlatidan hamkasb mehmonlar tashrif buyurishdi!
Maqola

FA Fundamental kutubxonasiga Rossiya davlatidan hamkasb mehmonlar tashrif buyurishdi!

2022-yil 15-fevral kuni Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi taklifi bilan Toshkent kutubxonalari bilan tanishib borayotgan hamkasblarimiz Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʼlimi direktori tarix fanlari doktori Irina Vladimirovna Lazunova, direktorning ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Sergey Vasilevich Kozlov , kutubxonamizning sobiq xodimi, hozirgi kunda Rossiya FА Davlat Xalq ilmiy texnika kutubxonasi Sibir boʼlimi direktorining Xalqaro aloqalar boʼyicha yordamchisi Pshenichnaya Yevgeniya Vladimirovnalar bizning kutubxonamizga kelib ketdilar!

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi!
Maqola

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi!

FA Fundamental kutubxonasida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga atab " Navoiy - komillik timsoli! " hamda oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab ko'rgazma tashkil qilindi!