Author: Librarian

Home / Librarian
Dunyodagi eng kichik kutubxonalar.
Maqola

Dunyodagi eng kichik kutubxonalar.

Dunyodagi eng kichik kutubxonalar 2013 yilda Nyu-York ko'chalarida paydo bo'la boshladi - ular faqat bitta o'quvchi va 40 ga yaqin kitobni sig'dira oladi.
Har bir kishi bir necha kun davomida kitobni olishi yoki boshqasiga almashtirishi mumkin. "LIttle Free Library"ning turli xil dizaynerlar tomonidan qayta ishlangan materiallardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan o'nta kichik pavilonlari Manxettenning turli joylariga o'rnatilgan.

E'tibor bersangiz, kichik bepul kutubxonalar g'oyalari butun dunyoga tarqaldi. Ular konvertatsiya qilingan telefon kabinalarida, avtobus bekatlarida va hatto jamoat transportida ham paydo bo'lgan.

Shoir,tarjimon  Miraziz Аʼzam  (1936) tavalludining 85 yilligi!
Maqola

Shoir,tarjimon Miraziz Аʼzam (1936) tavalludining 85 yilligi!

Shoirning «Oʼzbek tili va adabiyoti» jurnalida bosilgan Hamza haqidagi soʼrovlarga javoblari, «Sharq yulduzi»da bosilgan «Аmir bobomiz ufqlari»dagi muammoli maqolalari, «Sirli olam»da yil boʼyi eʼlon qilingan Murod Oʼrozning «Turk asotirlari» kitobining tarjimasi kabi ishlari xalqaro Mahmud Koshgʼariy mukofotiga sazovor boʼlgan.

Kitoblar muqovasidagi rasmlar!
Maqola

Kitoblar muqovasidagi rasmlar!

Los-Anjeles rassomi Mayk Stlke qanday qilib yillab javonlarda chang yig'ib yotgan eski kitoblarga yangi hayot berish haqida uzoq o'yladi.
U bir qancha kitoblar yonlari muqovalarida g'alati ko'rinishdagi melanholik belgilar chizdi.

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.
Maqola

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.

Shvetsiyalik rassom ushbu installyatsiyani yaratishda, Laurie Andersonning "Endless World" ya'ni "Tugamaydigan dunyo" qo'shig'ining ,- "Otam vafot etganda, men uchun butun kutubxona yonib ketdi ..." - ma'nosini beruvchi satridan ilhomlangan.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish va tashrif buyuruvchilar bemalol yer ostida chuqur joylashgan kitoblarga qaray olishlari uchun, Suzanna Gesselberg ishi qalin zirhli shisha bilan qoplangan.

Ar-Roziyning noma’lum «sirlar siri kitobi»
Maqola

Ar-Roziyning noma’lum «sirlar siri kitobi»

Ushbu kitobda o'rta asr musulmon Sharqining mashhur ensiklopedist olimlaridan biri Abu Bakr Muhammad Zakariyo Ar-Roziy (865-925) qalamiga mansub kimyoga oid asarning o'zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi berilgan.
Bu asar ilgari fanda noma'lum bo'lib 1950 yilda O'z. Res. FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida U.I. Karimov tomonidan 1506 yilgi qo'lyozmada topilgan.
Kitob sharqshunoslar, tarixchilar, kimyogarlar, oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va talabalari hamda tarix faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.