Bizda eng yangi nashrdagi adabiyotlar!
У нас самые новые поступление!
Author: Librarian
Kitobxon sovg’asi!
Kitobda Markaziy Osiyoda o'rta asrlardan XXI gacha faoliyat yuritgan oftalmolog va vrachlarning ilmiy yutuqlari oʻrganilgan. Zamonaviy oftalmologiya xizmati mintaqada paydo bo'lishi, tibbiyot muassasalarini, tadqiqot markazlari tashkil etish va ularning rivojlanishida rus tibbiyot maktabining o'rni ko'rsatilgan. Jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko'rsatish va tashkil etishga munosib hissa qo'shgan mutaxassislarning tarjimai holi jamlangan.
Unitilmas sanalar!
O’zbekiston xalq yozuvchisi
Tohir Malik (Hobilov Tohir Аbdumalikovich) (1946–2019) tavalludining 75 yilligi!
G’iyos Yoqubovich Umarov (1921 –1988) tavalludining 100 yilligi!
Oʼzb. FА muhbir aʼzosi, Fizik olim, Texnika fanlari doktori, professor,tadqiqotchi
Nikolay Vasilevich Dmitrovskiy tavalludining 180 yilligi!
Nikolay Vasilyevich Dmitrovskiy sud maslahatchisi, Turkiston xalq kutubxonasining birinchi kutubxonachisi va boshlig‘i, eng mashhur toshkentlik bibliograf, nodir nashrlarning ishtiyoqli to‘plovchisi, o‘lkamiz tarixiga oid ma’lumotlarning tinimsiz yig‘uvchisi. U tirik ensiklopediya deb ataldi.
Dunyodagi eng baland kutubxona!
Dunyodagi eng baland kutubxona Shanxayda, Marriott mehmonxonasida, taxminan 230 metr balandlikda joylashgan!
Kutubxona mehmonxonaning 60-qavatida (230,9 m) joylashgan. Muassasa Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan "dunyodagi eng baland kutubxona" unvoniga sazovor bo'ldi.
Kutubxonaga kirish uchun mehmonxona nomeridagi elektron kartochkadan foydalaniladi. Unda xitoy va ingliz tillarida adabiyot, falsafa va tarix kabi turli mavzulardagi 2000 dan ortiq kitoblar mavjud.
Katta umidlar. Charlz Dikkens
Hammasi oddiy voqeadan boshlanadi. Yosh Filipp qabriston yonida o‘ynab yurganida qamoqdan qochgan mahbus uni tutib oladi va boladan o‘zi uchun yegulik va egov olib kelishini talab qiladi. Mana shu voqea bolaning kelajagini o‘zgartirib yuboradi.
Aziz kitobxon! Mashhur ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning „Katta umidlar“ romani sizning sevimli asarlaringiz qatoridan o ‘rin olishiga ishonamiz.
Hozirgi kunning eng mashhur YANGI KELGAN ADABIYOTLARI bizda!
Omina Shenliko'g'li. Muslima ayol Yevropada
«INFOLIB O’ZBEKISTON – 2021» X Milliy axborot-kutubxona haftaligi
Mazkur haftalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zb. Res. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 781-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.
Bugun, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlikka bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi tomonidan akademiya kutubxonasiga taqdim etilgan turli mazmundagi 129 dona kitob tadbir ishtirokchilariga yanada xursandchilik ulashdi.









