Ushbu tarixiy-biografik ocherkda buyuk xitoy faylasufi Konfutsiyning hayoti va ta’limoti qalamga olingan. Asar Konfutsiy hayotidagi real voqealarga asoslangan. Ishonamizki, Konfutsiyning hayot tajribalari va hikmatlari siz uchun ham muhim dasturilamal bo'ladi.
Yangi kelganlari
Bahtiniso Azimboeva. Go’zal hayot tilsimi
Hurmatli kitobxon, agar siz doimiy ravishda baxtiyor, sog’lom, shodon, bir so’z bilan aytganda, go’zal hayot kechirishni istasangiz, bu kitobni albatta o’rganib chiqing. Unda o’zingiz yoki yaqinlaringiz hayotiga doir qiziqarli mavzular bilan tanishasiz.
Deyl Karnegi. Mashxur kishilar hayotidan nomaʼlum sahifalar
“Mashxur kishilar hayotidan nomaʼlum sahifalar” nomli ushbu kitobi esa o’zbek tilida birinchi marta chop etilmoqda. Unda taniqli insonlarning ko’pchilik bilmagan sir sinoatlari haqida hikoya qilinib, o’quvchilarga bir-biridan qiziqarli maʼlumotlar beriladi.Kitob keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan.
Fidoyi inson va mehribon ustoz
Zuhra Berdieva – kutubxonashunoslik va bibliografiya fanining hamma sohalari boʼyicha mahoratli mutahassis. U kutubxonashunoslikning oʼzi boʼladimi yoki bibliografiya, yoki kitobatchilikmi – qaerda nimaga ehtiyoj boʼlsa, oʼshani qondirish imkoniga ega. Shuni taʼkidlash lozimki, u yaratgan oʼquv qoʼllanmalarini bir necha marta qayta nashrga tayyorlaydi. Bunda oldingi nashrlarda yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarga barham beradi va yangi maʼlumotlar bilan boyitib boradi.
Madraimov Abdumajid. Biobibliografiya
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi, UzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu biobibliografiya sanʼatshunos, tarixchi manbashunos va madaniyat tarixi bilan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Ustoz Nabi G’anievich Umarov yaqinlari xotirasida
Nabi G’anievich Umarov Fundamental kutubxonaning hozirgi binosini ishga tushirish, kitob fondini joylashtirish, kutubxonadagi katalog va kartotekalarii tashkil qilish, kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, xalqaro kitob ayirboshlash, kitob fondini ilmiy nashrlar bilan to’ldirishda, kitob ko’rgazmalari va yangi kelgan nashrlarning bibliografik sharxini o’tkazish, kutubxonada sohaga oid bo’lgan konferensiya, seminarlarni tashkil qilish va o’tkazishda bosh bo’lganlar.
Yuksak Sadoqat va fidoyilik ramzi
Hamrohon Mamatraimova muharrir sifatida tahsinga loyiq xizmatlar qildi.U O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Qaror va farmoyishlari asosida yillarning nomlari bilan bog'liq Davlat dasturlari asosida yillarning nomlari bilan bog'liq ko'plab metodik-bibliografik qo'llanmalarga muharrirlik qildi.
«XXI asr – intellektual yoshlar asri»
XXI asr insoniyatga dastlabki kunlardanoq iqtisodiyotdagi globallashuv, dunyodagi murakkab siyosiy jarayonlar, ijtimoiy-madaniy o’zgarishlar transformatsiyasi sifatida namoyon bo’ldi.
Sankt-Peterburg va Toshkent fondlaridagi Xorazm turkiy-adabiy manbalari
Ushbu ilmiy risola Sankt-Peterburgdagi Sharq qo’lyozmalari instituti va Toshkentdagi Аbu Rayxon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan Xorazm turkiy adabiy manbalari tavsifiga bag’ishlanadi.
Ishoqov A’zam.Kinematografiya tarixi
«Kinematografiya tarixi» o’quv qo’llanmasi kino sohasi yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan,nafaqat talabalar, balki barcha kino sanʼati bilan qiziquvchilar uchun ham foydali bulishi, shubxasiz.
O’zbekistonda tarix fani: muammolar va rivojlanish istiqbollari
Ushbu kitobda tarix fanining rivojlanish istiqbollari yosh avlod uchun to'la to'kis yoritib berilgan.
«Zamonaviy jamiyatda innovatsion taraqqiyot va ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi»
Konferensiya materiallari to'rt sho'badan iborat bo'lib maqola va ilmiy tahlil qilinga yutuqlar va muammolar batafsil yoritilgan.











