UOʼK
KBK
Fidoyi inson va mehribon ustoz /Nashrga tayyorlovchi va masʼul muharrir M.Matmuradova.-Toshkent, 2018.-77 b.
2018 yil Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi tashkil etilganiga 85 yil toʼladi. Shu munosabat bilan kutubxona faoliyatiga oid toʼplamlar tayyorlandi.
Shulardan biri anʼanaviy tarzda davom etishi moʼljallangan “Sohamiz fidoyilari” ruknida kutubxonachilik ishi, bibliogra-fiya ishi, kitob ishi sohasida xizmat koʼrsatgan, sohaning rivojiga oʼzining mashaqqatli mehnati bilan hissa qoʼshgan ustozlarimiz, hamkasblarimiz haqida materiallar berib borish niyatidamiz. Ruknning birinchisi – 40 yildan ortiq soha rivojiga, soha uchun oliy va oʼrta maxsus maʼlumotli kadrlar tayyorlashga xizmat qilib kelayotgan, kutubxonachilik ishi, bibliografiya ishida oʼzining oʼquv, uslubiy, bibliografik qoʼllanmalari bilan, soha masalalari, muammolariga bagʼishlangan ilmiy – nazariy maqolalari bilan tanilgan, 2011 yildan buyon Fundamental kutubxonaga rahbarlik qilib kelayotgan Zuhra Shukurovna Berdieva hayoti va faoliyatiga bagʼishlandi.
Unda ustozlar, hamkasblar, shogirdlarning bir chimdim fikrlari, tilaklari berildi.
Qo’llanmaning to’liq matni: Fidoyi inson va mehribon ustoz
Leave a Reply