60 yoshlik Malika
Bugun Fundamental kutubxonada Bosh bibliograf Matmuradova Malika Isaevnaning 60 yillik yubileyi nishonlandi.
1961 yil 15 martda Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati,Toshhovuz tumanidagi Moylijangal qishlogʼida ishchi oilasida tavallud topdi. 1968-1978 yillarda qishloqdagi 8-sonli oʼrta maktabni “Taʼrif xati” bilan tugatdi. Malika oʼquvchilik paytidarning oldi boʼlib, tuman va viloyatda oʼtkaziladigan fan olimpiadalarida hamisha yuqori koʼrsatkichlarga erishib keldi. U 1978- 1985 yilgacha tugʼilib oʼsgan qishlogʼida kolxozchi boʼlib ishladi. 1985-1988 yillar Toshkent shahridagi “Oʼzbekselьmash”ishlab chiqarish birlashmasining MSChda kichik hamshira boʼlib ishladi. 1992 yilda Аbdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instititutining “Kutubxonachilik” fakulьtetini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Oʼqish bilan bir vaqtning oʼzida 1990-1992 yillarda Institutning Аsosiy kutubxonasida kutubxonachi boʼlib ishladi. Talabalik davrida talabalar ilmiy anjumanlarida oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Institutni tugatgandan keyin institut bergan yoʼllanma asosida Turkmaniston Respublikasiing Toshxovuz viloyati,Toshhovuz tumanidagi Markazlashgan kutubxonalar tizimidagi Markaziy kutubxonada metodika-bibliografiya boʼlimida katta muharrir lavozimida faoliyat yuritdi. U Turkmanistonda kutubxonachilar oʼrtasida oʼtkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan. Gʼoliblikni qoʼlgan kiritgan Malikaga berilgan sovgʼa kitob- lar kutubxona fondiga topshirilgan.1997 yilda Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Davlat kutubxonasining Ilmiy-uslubiy boʼlimida birinchi toifali kutubxonachi, 1998 yildan shu boʼlimning shoʼʼba mudiri lavozimida, 1999 yil sentyabrdan 2010 yil fevralgacha oʼrindoshlik asosida shoʼʼba mudiri lavozimlarida ishladi.
1997- 2001 yillarda Аbdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat insitutining aspiranturasida sirtdan “Kutubxonashunoslik va bibliografiyashunoslik” boʼlimida tahsil oldi. 1997-2009 yillarda “Oʼzbekiston adabiy bibliografiyasi” mavzusida ilmiy ish olib bordi.1999 yil sentyabrdan – 2008 yilgacha “Bibliografiya” kafedrasida oʼqituvchi va katta oʼqituvchi, ”Bibliografiya va hujjatshunoslik ” kafedrasida katta oʼqituvchi lavozimida ishladi. 2001-2010 yillar ”Kutubxona axborot – faoliyatinin boshqaruv” fakulьtetida Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. Malika bakalavr talabalarga “Kitob savdosi bibliografiyasi”,”Kitob sanʼati”,” Badiiy adabiyotlar bibliografiyasi”,“Sanʼat bibliografiyasi”, ”Chet el adabiyoti bibliografiyasi”, ”Qishloq xoʼjaligi va tabiiy adabiyotlar bibliografiyasi” fanlaridan davlat tilida maʼruza oʼqidi. Tajriba hamda amaliy mashgʼulot darslarini olib bordi. U mazkur fanlar uchun “Fan dasturlar”i va “Ishchi dastur” ,”Oʼquv-uslubiy majmua”lar yuqorida qayd etilgan fanlarni oʼqitishda foydalanilayotgan uslubiy qoʼllanma va koʼsatmalar muallifidir. U Respublika va halqaro konferentsiyalarda, institut professor-oʼqituvchilarning konferentsiyalarida maʼruzalar bilan ishtirok etgan va ilmiy maqolalari, tezislari toʼplamlarda chop etilgan.
2010-2012 yil mart oyigacha Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi direktorining Kutubxonachilik ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari lavozimda ishladi. 2010 – 2011 yillarda Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasining hozirgi yangi binosining qurilish jarayonlarida, kutubxonani koʼchirishga tayyorlash va koʼchirib oʼtkazish, fondlarni joy-joyga joylartirish, kutubxonaning ochilishi, dastlab oʼtkazilgan Xalqaro anjumanlarni oʼtkazishda va kitobxonlarga xizmat koʼrsatish jarayonlarining boshlanishida Davlat rahbariyati tomonidan yuklatilgan majburiyatni juda katta masʼuliyat bilan bajardi. Keyinchalik,”Dispe tcherlik xizmati” rahbari, yetakchi mutaxassis lavozimlarida faoliyat olib bordi. Kutubxonachilik, sohasiga oid ilmiy maqolalari bilan vaqtli matbuot hamda sohaga oid ” KUTUBXONA-UZ“ jurnali, “INFOLIB” axborot –kutubxona xabarnomalarida maqolalari chop etib kelinmoqda. Shuni, alohida taʼkidlash lozimki, M.Matmuradova tinimsiz Respublika kutubxonalari uchun metodik markaz boʼlgan kutubxonalarda mehnat faoliyatini olib bordi. 1999 yil yanvardan 2012 yilgacha, keyinchalik 2015 va 2018 yillarda oʼrindoshlik asosida Respublika Markaziy koʼzi ojizlar kutubxonasida “Metodika-bibliografiya” boʼlimida kutubxonachi, bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat olib borib, 200 dan ortiq metodik-bibliografik qoʼllanmalarning elektron shakllarini yaratdi.
M.Matmuradovaning 4 ta oʼquv qoʼllanmasi, 35 ta ilmiy maqolalari, 10 ta publitsistik maqolasi, 47 ta metodik-bibliografik qoʼllanmalari, 5 ta bibliografik koʼrsatkichlari nashrdan chiqqan.
Shuningdek, FTRMning “Milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda kutubxonalarning roli”, “Jamiyatimizda kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirishning pedagogik va psixologik usullarini takomillashtirish” mavzusidagi PZ-20170929262 raqamli ilmiy-amaliy loyihada, “Oʼzbekiston olimlarining bibliometrik maʼlumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi IJ.9-18 raqamli amaliy loyihada ishitrok etib izlanishlar olib bordi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isʼdedod” jamgʼarmasining masofali oʼqitish markazida “Maʼnaviyat va maʼrifat”, ”Innovatsion texnologiyalar”, ”Аxborot texnologiyalari va masofali oʼqitish” kurslarini muvaffaqiyatli tugatgani uchun Sertifikatlar bilan taqdirlangan.
U 2017-2019 yillar Oʼzbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasining Ilmiy uslubiy boʼlim mudiri lavozimida faoliyat yuritdi, hozirgi kunda Ilmiy – bibliografiya boʼlimida Bosh bibliograf lavozimida ishlab kelmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 martdagi Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Аbay Qoʼnonboev ijodiy merosini keng oʼrganish va targʼib qilish toʼgʼrisidagi Qarorini bajarish doirasida “Аbay maʼrifatparvar shoir”, Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Аytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 aprelь Qarorini bajarish yuzasidan “Buyuk adib va jamoat arbobi “ nomida uslubiy-bibliografik qoʼllanmalarning elektron shakllarini tayyorladi.
Matmuradova Malika Isaevna elu yurt ravnaqi yoʼlida fidokorona mehnat qilib, qaerda ishlamasin ishga sadoqati, ilmiy salohiyati, ish tajribasi, kutubxonachilik va bibliografiya sohasidagi chuqur bilimi bilan hurmat va eʼzozga ega mutaxassisdir.
Fundamental kutubxona jamoasi, kasaba uyushmasi Malika Isaevnani tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaydi, uzoq umr, sogʼliq-salomatlik, shaxsiy hayotidva va mehnat faoliyatida ijodiy barkamollik, zavq-shavq bilan ishlash lazzatini, kuch-qudrat va samimiy munosabatlarni tilaydi.
Malika Isaevnani 60 yillik yubileyi bilan tabriklash uchun Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabaeva, direktor oʼrinbosari Nasiba Xoldorovalar ham kutubxonamizga kirib keldilar va qimmatbaho esdalik sovgʼalarini topshirishdi. U.Teshabaeva Malika Isaevnaning Milliy kutubxona faoliyatiga qoʼshgan ulkan hissasini, kadrlar tayyorlashdagi, Milliy kutubxona yangi binosining qurilishidagi hissasini eʼtirof etish bilan birga Malikaga kutubxona jamoasi nomidan yoqimli va samimiy tilaklarni izhor etdi.
Berdieva Z.Sh.