Kun: <span>27.03.2021</span>

Home / 2021 / Mart / 27 (Shanba)
Kitoblar muqovasidagi rasmlar!
Maqola

Kitoblar muqovasidagi rasmlar!

Los-Anjeles rassomi Mayk Stlke qanday qilib yillab javonlarda chang yig'ib yotgan eski kitoblarga yangi hayot berish haqida uzoq o'yladi.
U bir qancha kitoblar yonlari muqovalarida g'alati ko'rinishdagi melanholik belgilar chizdi.

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.
Maqola

Daniyada bo’lib o’tgan «Haykaltaroshlik dengizida» festivalida Susanna Hesselberg chuqur yer osti bo’ylab harakatlanadigan ajoyib kutubxonani yaratdi.

Shvetsiyalik rassom ushbu installyatsiyani yaratishda, Laurie Andersonning "Endless World" ya'ni "Tugamaydigan dunyo" qo'shig'ining ,- "Otam vafot etganda, men uchun butun kutubxona yonib ketdi ..." - ma'nosini beruvchi satridan ilhomlangan.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish va tashrif buyuruvchilar bemalol yer ostida chuqur joylashgan kitoblarga qaray olishlari uchun, Suzanna Gesselberg ishi qalin zirhli shisha bilan qoplangan.

Ar-Roziyning noma’lum «sirlar siri kitobi»
Maqola

Ar-Roziyning noma’lum «sirlar siri kitobi»

Ushbu kitobda o'rta asr musulmon Sharqining mashhur ensiklopedist olimlaridan biri Abu Bakr Muhammad Zakariyo Ar-Roziy (865-925) qalamiga mansub kimyoga oid asarning o'zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi berilgan.
Bu asar ilgari fanda noma'lum bo'lib 1950 yilda O'z. Res. FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida U.I. Karimov tomonidan 1506 yilgi qo'lyozmada topilgan.
Kitob sharqshunoslar, tarixchilar, kimyogarlar, oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va talabalari hamda tarix faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Mashhur Yel universitetida derazasiz kutubxona mavjud!
Maqola

Mashhur Yel universitetida derazasiz kutubxona mavjud!

Beinecke noyob kitoblari va qo'lyozmalar kutubxonasi dunyodagi nodir kitoblarning eng yirik to'plamlaridan biridir.
Binoda derazalar yo'q - to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri eski kitoblarga zararli.Ammo derazalarsiz ham yorug'lik yetarli, chunki uning tashqi devori quyosh nurlarini qisman o'tkazadigan qimmatbaho marmardan yasalgan.
Kutubxona fondida 500 mingga yaqin kitob va bir necha million qo'lyozma mavjud.

» URUSHNI ESLAB, XOTIRALAR QOLDIRAMIZ «
Maqola

» URUSHNI ESLAB, XOTIRALAR QOLDIRAMIZ «

Kitob qamaldagi ocharchilikda halok bo'lganlar, o'lim lagerlarida tanalari kulga aylangan norasidalar, sevimli yoridan judo bo'lsada, so'ngi nafasigacha uning yo'lini poylagan sadoqat egalari, yurti uchun jonini tikkan o'g'lonlarimizning porloq xotirasiga bag'ishlanadi.

Oodi Xelsinki markaziy kutubxonasi.
Maqola

Oodi Xelsinki markaziy kutubxonasi.

"Ode" atigi bir yoshda, ammo u allaqachon o'z foydalanuvchilariga ega bo'lib ulgurgan. Avgust oyida IFLA uni 2019 yilning eng yaxshi kutubxonasi deb tan oldii, va Time jurnali dunyodagi eng taniqli joylar ro'yxatiga (World's Greatest Places 2019) kiritdi va uni "kelajak kutubxonasi" dan kam emas deya e'tirof etdi.
Kutubxonada nimalar bilan shug'ullanish mumkin bo'lsa ularning barchasi , uchta cheksiz qavatda joylashgan: video o'yin xonalari, maktab o'quvchilarini ortiqcha vaqtini band qilib qo'ymaslik uchun ish kunlari soat 14: 00gacha; bepul tikuv mashinalari va 3D printerlar ( faqat sarf materiallari uchun haq to'laydilar);
kovorkingning barcha turlari uchun cheksiz zallar va burchaklar; bu yerda siz ovoz yozish studiyasida trek "tayyorlashingiz" va sevimli sousingizning ommaviy "spektakli" uchun oshxonaga obuna bo'lishingiz mumkin; shaxsiy psixologiyangizga qarab qulay burchakda yashirinishingiz yoki ochiq joyda yotishingiz mumkin.

  • 1
  • 2