Bu kitobni varaqlash o‘lim bilan teng. U qo‘rqinchli afsunlari bilan emas, aksincha, u odam terisiga zarari va xavfliligi bilan ajralib turadi. Bu kitobda hech qanday yozuv yo‘q. Kitobning har bitta sahifasiga o‘limga olib boradigan margamush qo‘shilgan.
Kitob o‘z nomi bilan «Teni Sten o‘limi» deb nomlanadi. Bu kitob 86 betdan iborat bo‘lib, unda 150 yillik namunalar mavjud. Kitobni Robert Kedzi kashf qilgan — XIX asrning oxirlarida maishiy qog‘ozni zaharlash bilan shug‘ullangan. U davrda qog‘ozlarga sintetik bo‘yovchi moddalar aralashtirilgan, xususan, tarkibida margimush moddasi qo‘shilgan.
Hozirda «Teni Sten o‘limi» kitobining ikkita nusxasi mavjud. Ulardan biri Michigan universitetining kutubxonasida saqlanadi. Kitob kutubxonaning alohida kolleksiyasidan o‘rin olgan va uni zichlangan idishda saqlashadi.
manba: aniq.uz