Fizik olim va jamoat arbobi, Oʼz.Res. Fanlar Аkademiyasi akademigi, muhbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbob, fizika-matematika fanlari doktori, professor Po'lat Habibullayev tavalludining 85 yilligi!
70 yoshlik tabarruk ayyomingiz qutlug’ bo’lsin!
Kecha kuni FA Fundamental kutubxonasida umumiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mannonov Bahodir Ataxanovichning 70 yillik yubileyi munosabati bilan chiroyli tadbir bo'lib o'tdi.
“Flora huquqi” o’quv darsligi 2 nusxada.
Ushbu darslikda flora huquqi fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, o'simlik dunyosiga nisbatan mulk huquqi, o'simlik dunyosini huquqiy muhofaza qilish,o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish, flora qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, kamyob va yo'qolib borayotgan o'simlik dunyosining huquqiy holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati, xorijiy mamlakatlar flora huquqi kabi mavzular yoritilgan.
Tazkirat ul-avliyo. Fariduddin Attor
Kitob oʼzbek tiliga tarjima qilingan oldingi nashrlaridan mukammalligi va asliyatga hamohangligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kitob Oʼzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabridagi «2010 – 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish, asrash, targʼib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi» asosida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 543 -sonli xati bilan nashrga tavsiya etilgan.
FA Fundamental kutubxonasi mahallalarda oliy o’quv yurtlarida va boshqa tashkilotlar qarshisida tashkil etilgan kutubxonalar fondini boyitish uchun beg’araz lmiy, ilmiy ommabop va badiiy adabiyotlar ajratishda va uslubiy yordam ko’rsatishda davom etmoqda.
Kuni kecha Mirzo Ulug'bek tumanidagi Feruza mavzesida joylashgan mahalla kutubxonasiga har hil soha yo'nalishidagi 220 ta kitob sovg'a qilindi.





